Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

1-iyuldan boshlab Yaponiya hukumati energiya tejash rejimini joriy qildi. Mamlakat rasmiylari undan 2015-yildan beri birinchi marta foydalanmoqda. Fuqarolar va tadbirkorlarga 30-sentabrgacha elektr energiyasi iste’molini kamaytirish tavsiya etiladi.

Tavsiyalar Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi saytida e’lon qilingan

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Mamlakat aholisiga kiyimlarni bittalab emas, ko‘p miqdorda yuvish, keraksiz jihozlarni o‘chirish, televizorni energiya tejash rejimiga o‘tkazish tavsiya etiladi. 

Kompaniyalardan foydalanilmayotgan joylarda konditsionerlarni o‘chirish va tushlik tanaffuslarida chiroqlardan foydalanmaslik so‘ralgan.

Yaponiyada oxirgi marta elektr energiyasini tejash rejimi 2011-yilda Fukusima-1 AESdagi avariyadan so‘ng joriy etilgan bo‘lib, u 2015-yilgacha amal qilgan. 

Yaponiya hukumati qishda elektr quvvati taqchilligi bo‘lishini aytmoqda va shuning uchun elektr energiyasini tejashni yozdan boshladi. 

Ommaviy axborot vositalari mamlakatda qish sovuq kelganda elektr energiyasi taqchilligi qariyb 3,5 million kVtga yetishi, agar Rossiyadan suyultirilgan gaz eksporti cheklansa, yana 4 million kVtga oshishini yozgan.

May oyida G7 davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va AQSh) Rossiyaning energiya resurslariga qaramligini kamaytirishga kelishib oldi. 

G7 yetakchilari Rossiyadan gaz narxiga cheklov joriy etish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj