O‘zbekistonda iyun oyida inflyatsiya (narxlarning oshishi) 0,9 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilgan.
Yil boshidan buyon inflyatsiya 6,5 foizni, yillik nisbatda esa 12,2 foizni tashkil etdi. May oyida inflyatsiya 1 foiz edi.
Iyun oyida oziq-ovqat 1,1 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,9 foizga, xizmatlar esa 0,8 foizga qimmatlashdi.
Markaziy bank 2022-yilda inflyatsiya 12-14 foizga yetishini prognoz qilgan. Taqqoslash uchun, 2021-yilda u 9,9 foizni tashkil qilgan edi.
Avvalroq Turkiyada inflyatsiya 74 foizgacha oshgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)