Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Ma’lum qilinishicha, 2012-yilda Novosibirsk shahriga ishlash maqsadida borgan fuqaro P.E. salomatligi yomonlashganligi sababli og‘ir ahvolda qolgan.
Onaxonga O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.
Novosibirsk shahridagi vatandoshlar yordamida aviachipta olib berilib, tibbiyot xodimlari jalb etilgan holda Novosibirsk–Andijon yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.
Izoh (0)