Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Nokia kompaniyasi hamyonbop G11 Plus smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi GizmoChina.

Foto: GizmoChina

Foto: GizmoChina

Smartfon piksellari nisbati 1600x720 bo‘lgan HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi 6,5 dyuymli displey bilan jihozlangan.

Qurilma 4 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotira bilan sotuvga chiqadi. Ichki xotirani MicroSD yordamida 512 gigabaytga yetkazish mumkin. Ishlab chiqaruvchi smartfon ichiga qanday protsessor o‘rnatilganini ma’lum qilmagan, biroq taxminlarga ko‘ra, bu — sakkiz yadroli Unisov T606 chipi.

Apparat orqa panelidan ikkitalik kamera o‘rin olgan bo‘lib, ulardan biri 50 megapikselli asosiy datchik, ikkinchisi esa 2 megapikselli qo‘shimcha obyektiv. Old tomonida selfi va videoqo‘ng‘iroqlar uchun 8 megapikselli kamera joylashgan.

Yangi qurilma Android 12 operatsion tizimi yordamida boshqariladi. Smartfon ikki yil davomida yangilangan operatsion tizimni va uch yil xavfsizlik patchlarini oladi. Akkumulyator sig‘imi 4000 mA/soatni tashkil etadi.

Telefon ikki xil — qora-kulrang va ko‘k ranglarida sotuvga chiqadi. Ayni vaqtda kompaniya narxlarga oid ma’lumotlarni oshkor etmagan, shunday bo‘lsa-da, qurilma narxi 150 dollar atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi