HMD Global kompaniyasi Amerikaning MIL-STD810H harbiy standarti bo‘yicha himoyalangan Nokia XR20 smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Twitter / Mariuskarma

Yangi model 1,8 metr balandlikdan tushib ketishga bardoshli, chang va namlikdan IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan, ekrani Gorilla Glass Victus oynasi bilan qoplangan.

Smartfon piksellari soni 1080x2400 bo‘lgan 6,67 dyuymli IPS-ekran bilan jihozlangan, protsessori — Snapdragon 480 5G, xotirasi esa 8/128 gigabayt bo‘lib, uni microSD yordamida kengatirish mumkin. Shuningdek, qurilma Zeiss optikasiga ega 48 va 13 megapikselli ikkita kameraga hamda sig‘imi 4630 mA/soatni tashkil etuvchi batareyaga ega.

Foto: Twitter / Mariuskarma

Foto: Twitter / Mariuskarma

Smartfon 18 vattli simli va 15 vattli simsiz quvvatlanish funksiyasiga ega.

Apparatda operatsion tizim sifatida Android 11’dan foydalanilgan, ammo smartfon uchun uchta yirik yangilanish va xavfsizligi borasida to‘rt yillik yangilanish va’da qilingan.

Foto: Twitter / Mariuskarma

Foto: Twitter / Mariuskarma

Gadjet narxi 550 dollarni tashkil etadi. U ikki xil rangda sotuvga chiqadi: grafit va ultramarin. Rasmiy savdolar 24-avgustdan boshlanadi.

Avvalroq Nokia brendi ostida 4G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan eng arzon telefonlar taqdim etilgan edi.