Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ouayn Devis ismli Buyuk Britaniya fuqarosi internet foydalanuvchilariga yo‘qolib qolgan smartfoni tarixi haqida so‘zlab berdi, deb yozadi Aroged portal.

Foto: Aroged

Foto: Aroged

Ouayn o‘zining iPhone XR smartfonini Sinderford yaqinidagi Uay ko‘liga 2021-yilning avgustida eshkak eshish vaqtida tushirib qo‘ygan. Devisning so‘zlariga ko‘ra, u juda xafa bo‘lgan va smartfonini biror kun topib olishdan umidini uzgan.

Oradan 10 oy o‘tgach devays o‘z egasiga yana butun holda qaytib keldi. 2022-yilning iyunida shaharning boshqa bir fuqarosi daryo tubidan ko‘k g‘ilofdagi qora iPhone XR’ni topib olgan.

Foto: Aroged

Foto: Aroged

Omadli inson telefonni loydan tozalagan, uni quritgan va ijtimoiy tarmoqlarda uning suratini joylashtirgan. iPhone qurigach, yigit uni yoqishga muvaffaq bo‘lgan va blokirovka ekranida apparat egasining oilasi bilan tushgan suratiga duch kelgan. Bu iPhone’ni egasiga qaytarishga yordam bergan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning martida yarim yil ko‘l ostida yotgan iPhone 11 baribir ishlashni davom etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Yuksalish” harakati diniy materiallar tarqatganlik ayblovi bilan javobgarlikka tortilish holatlari uchrayotganiga munosabat bildirdi
Dunyo
Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi qurbonlari soni 230 kishidan oshdi (foto)
Dunyo
Zelenskiy Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berayotgan davlatlarga qarshi ochiq kurash olib borishga va’da berdi