OnLeaks nomi ostida tanilgan insayder Nokia 6.4 yoki 6.3 deb ataladigan smartfonning renderlari bilan bo‘lishdi. Kompaniya bitta lineykadagi modellar uchun nuqtadan keyin bir xil raqamlardan foydalanishga urinmoqda, biroq ushbu smartfon qaysi avlodga tegishli bo‘lishi noma’lum, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Voice

Nokia 6.4 mazkur brend uchun standart dizaynga ega — kameralar aylanasimon modulda joylashgan, old tomondagi frontal kamera esa tomchisimon qirqim ichiga “yashiringan”. Ko‘p jihatdan u Nokia 6.2 modeliga o‘xshab ketadi, smartfon displeyi 6,45 dyuymga teng bo‘lib, Full HD sifatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Voice

Foto: Voice

Bundan avvalroq tarqalgan xabarlarda Nokia 6.4 Snapdragon 730 protsessoriga ega bo‘lishi haqida aytilgan, biroq bu vaqt davomida kompaniyaning rejalari o‘zgargan bo‘lishi mumkin.

Nokia o‘zining yangi modelini aprelda taqdim etishi kerak. Kompaniya mazkur smartfondan tashqari bir qator hamyonbop modellarni ham taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Avvalroq Nokia kompaniyasi 2009-yilda ommalashgan Nokia 6700 ko‘rinishida yaratilgan hamyonbop 224 4G modelini taqdim etgani ma’lum bo‘lgandi.