Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 11-mart, juma kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 910—10 960 so‘m oralig‘ida sotib olishni, 10 975—11 010 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Bu eng yangi yuqori ko‘rsatkich.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • “Davrbank”: sotib olish — 10 920 so‘m, sotish — 11 010 so‘m.
  • “Ipak yo‘li bank”: sotib olish — 10 910 so‘m, sotish — 11 010 so‘m;
  • “Hamkorbank”: sotib olish — 10 960 so‘m, sotish — 11 000 so‘m;
  • “Turonbank”: sotib olish — 10 870 so‘m, sotish — 10 975 so‘m;
  • “Mikrokredit bank”: sotib olish — 10 920 so‘m, sotish — 11 010 so‘m;
  • “Kapitalbank”: sotib olish — 10 930 so‘m, sotish — 10 980 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, AQSh dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy qiymati 3-martdan buyon ko‘tarilib kelayotgandi. 4-mart kuni dollarning rasmiy kursi ilk bor 10 900 so‘mdan oshdi. Shu kuni tijorat banklarida dollar kursi 10 955 so‘mgacha, 10-mart kuni esa 10 975 so‘mgacha ko‘tarildi. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022-yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiya tobora ko‘proq tashabbusni Ukrainaga berib qo‘ymoqda — Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi
Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi banklarda chet elliklar qariyb 900 mln dollarlik omonat saqlaydi — MB
Dunyo
Slovakiyada prokurorlarning kompyuterlariga yashirincha xavfsizlik dasturi o‘rnatilgani janjal keltirib chiqardi