Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda dunyo bo‘yicha ommalashayotgan omikron shtammining yangi mutatsiyadagi varianti tarqalayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda asosan 20-29 yoshdagi fuqarolar orasida kasallanish holati kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda 22-iyun holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 239 895 nafarni tashkil etib, ulardan 237 791 nafari (99 foiz) sog‘aygan, 1 637 nafari (0,7 foiz) vafot etgan. 22-iyunda — 98 kishida, 19-iyunda — 93 kishida, 18-iyunda 108 kishida, 17-iyunda 90 kishida, 16-iyunda 59 kishida kasallik qayd etilgandi.

Respublika bo‘yicha ro‘yxatga olingan kasalliklarning yoshma-yosh tahlili: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 3-4 foizni, 15-19 yoshdagilar 2-3 foizni, 20-29 yoshdagilar 24-25 foizni, 30-39 yoshdagilar 16-17 foizni, 40-49 yoshdagilar 14-15 foizni, 50-59 yoshdagilar 9-10 foizni, 60 yosh va undan kattalar 16-17 foizni tashkil etmoqda.

Kasallik manbai, jumladan: 35-40 foiz holatda oiladan, 15-20 foiz holatda bemor qo‘shnilari yoki qarindoshlaridan, 7-8 foiz holatda jamoat joylarida, 5-8 foiz holatda ish joyida yuqtirib olingani aniqlangan.

JSST tomonidan dunyo mamlakatlarida omikron shtammining Stealth-Omicron BA.2 varianti ustuvor shtammga aylangani ta’kidlanmoqda. O‘zbekistonda ham ushbu shtamm aniqlanib, hozirgi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishda ushbu shtammning uchrayotgani kuzatilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarda 67,0 foizida Omicron, va 33,0 foizida omikron shtammining yangi mutatsiyadagi Stealth-Omicron BA.2 varianti topilgan.

Shu bilan birga, mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlashda qo‘llanilgan jami vaksinalar soni 57,7 million dozadan oshgan. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 20 550 541 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 16 856 230 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 20 355 055 nafarni tashkil qilgan.

12-18 yoshdagi emlanuvchilar uchun jami 1 587 480 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 863 351 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 675 766 nafarni, 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 48 363 nafarni tashkil qilmoqda.

“Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha vaziyat barqarorligi ta’minlanib kelinmoqda. Lekin o‘tgan 2 yil davomida aynan iyul-avgust oylarida kasallanish ko‘tarilgani qayd etilgan. Shuning uchun koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash va buster dozasi bilan qayta emlash ishlarini jadallashtirish katta ahamiyatga ega.

Aholi orasida koronavirus kasalligi diagnostikasi, klinikasi va maxsus profilaktikasi (emlash tadbirlari va buster dozaning ahamiyati) bo‘yicha barcha turdagi ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishimiz zarur”, — deydi Nurmat Otabekov.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi dunyoda omikronning yanada yuqumli mutatsiyasi tarqalayotgani haqida ma’lumot bergan edi. Unga ko‘ra, xalqaro ekspertlar omikronning yangi versiyalari dunyo bo‘ylab keng tarqala boshlaganidan xavotir bildirishgan. BA.2.12.1 subvarianti — shulardan biri.

“BA.2.12.1 boshqa mutatsiyalarga nisbatan antitanachalarga osonroq “chap berish” xususiyatiga ega. Qolaversa, yuquvchanligi, transmissivligi omikronning BA.2 versiyaga nisbatan 23-27 foiz yuqori”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur mutatsiyaning o‘chog‘i Nyu-York shahri hisoblanadi. U butun Qo‘shma Shtatlarni shiddat bilan “zabt” etmoqda. Hatto mamlakatning qator shtatlarida allaqachon dominantga aylanib ulgurgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?