Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,91 so‘mga pastlab, 10 830,17 so‘mni tashkil qildi. Yevro 19,96 so‘mga tushib, 11 391,17 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,07 so‘mga ko‘tarilib, 203,96 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi 48,91 so‘mga pastlab, 10 847,08 so‘mni tashkil qilgandi. Ushbu valyutaning o‘zbek so‘miga nisbatan qiymati Ukraindagi urushdan avvalgi holatiga qaytdi.
O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida esa 23-iyun kuni dollar kursi fevral oxiridan beri ilk bor 10 900 so‘mga qadar tushdi.
Izoh (0)