Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 23-iyun, payshanba kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini 10 900 so‘mga qadar tushirdi. Bu fevral oxiridan buyon qayd etilgan eng minimum ko‘rsatkich.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 10 900 so‘mdan sotib olishni, 10 795-10 870 oralig‘ida so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 11-mart kuni 11 ming so‘mdan oshib ketgandi. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23-iyundan amalda bo‘ladigan qiymatini belgilagan. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10 847,08 so‘mni tashkil qilmoqda.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:

  • NBU: sotib olish — 10 840 so‘m, sotish — 10 900 so‘m;
  • “Hamkorbank”: sotib olish — 10 870 so‘m, sotish — 10 900 so‘m;
  • “Davrbank”: sotib olish — 10 830 so‘m, sotish — 10 900 so‘m;
  • “Turonbank”: sotib olish — 10 830 so‘m, sotish — 10 900 so‘m;
  • “Tengebank”: sotib olish — 10 840 so‘m, sotish — 10 900 so‘m;
  • “Kapitalbank”: sotib olish — 10 850 so‘m, sotish — 10 900 so‘m.
Dollar kursi mart oyida keskin ko‘tarilib ketgandi — o‘shanda 10—17-mart kunlari davomida har kuni rekord ko‘rsatkichlar qayd etilgandi. Jumladan, 14-mart kuni banklar dollar kursini 50 so‘mga ko‘targan bo‘lsa, 18-martda birdaniga 240 so‘mga oshib ketgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)
Dunyo
Pentagon AQSH va Xitoy o‘rtasida harbiy mojaro boshlanishi ehtimolini baholadi