• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12354.65
    • RUB153.93
    • EUR14384.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Urgutda yo‘l muammosi: aholi murojaati nega yillar mobaynida e’tiborsiz qolmoqda?

    Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi “Gulobod” va “Qayroqli” mahallalarida yillar davomida hal etilmay kelayotgan yo‘l muammosi mavjud. Mazkur mahallalarda yashovchi aholidan mahallani tuman markazi hamda shahar bilan bog‘lovchi ichki yo‘llarning ta’mirtalabligi, yilning qish va bahor oylarida transport qatnovida muammolar bo‘layotganligi haqida mutasaddi tashkilotlarga ko‘plab murojaatlar tushgan. Eng achinarlisi, fuqarolar tomonidan tuman hokimligiga bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsa-da, muammo shu vaqtgacha hal etilmayapti.

    “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev aholi bilan uchrashib, ularni qiynayotgan yo‘l muammosi haqidagi fikrlarini eshitdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bu ko‘chalardan yurib bo‘lmaydi, ahvolini ko‘ryapsizlar. Ikki-uch yildan buyon ahvol shu. Murojaat qilyapmiz. Ammo natija yo‘q. Tuman markazidan bor-yo‘g‘i 3 kilometr uzoqlikdagi yo‘ldan yomg‘ir kunlari yurib bo‘lmaydi”, — deydi Sami Muhammadiyorov.

    Shu mahallada yashovchi Muhiddin Qobilovning aytishicha, tuman markazidan kirib keluvchi Islom Karimov ko‘chasi ham kavlab tashlangan. Yo‘lni yamash uchun kavlab tashlangan chuqurlar to‘ldirilmagan. 2019-yildan beri yo‘llarda hech qanday o‘zgarish yo‘q.

    Yillar davomida murojaati hal bo‘lmayotgan fuqarolarning hokimiyatga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgan. Mahalla ahli hashar qilib yo‘lga tosh to‘kkan. Aholining aytishicha, ularning qilayotgan ishlarini kimdir rasmga olib, qayergadir maqtangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Yo‘llarimiz tuxum korobkasiga o‘xshab qolgan. Hokim vakillari har doim kelib, qop-qop va’dani berib ketishadi, ammo natija yo‘q. Urgut tuman hokimi kelib, bizga 15 kun ichida asfalt qilishga harakat qilamiz, deb aytib ketgan edi. U va’dani berganiga ham ikki oy bo‘lyapti. Ikki yil oldin o‘zimiz tashabbus ko‘rsatib, hashar yo‘li bilan 150 mashina tosh to‘kkan edik. Kelib bizlarning ishimizni rasmga olib ketishdi. Qayergadir uni ko‘rsatib, maqtangan bo‘lishi mumkin, bizlar buni bilmaymiz. Lekin natija yo‘q. Keladi, xalqni aldab va’dani beradi. Yana ahvol shu. Prezidentimiz ham ‘Obod mahalla’ haqida gapiryapti. Hamma joyda o‘zgarish bo‘lyapti. Bizda hech natija bo‘lmayapti”, — deydi Sherzod Halilov.

    Fuqarolarning aytishicha, yo‘llarni ta’mirlash 2022-yilgi dasturga kiritilgan. Xo‘sh, yilning yarmi ham o‘tib borayotgan bo‘lsa, bu yo‘llar qachon ta’mirlanadi?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Menga 2022-yilda dasturga qo‘yilgan, degan gapni aytdi. Ammo men tumandagilarga ishonmasdan, viloyatga chiqqan edim, ular haqiqatan dasturga kirganligini isbotlovchi hujjatni berishdi. Kelib, maktab yo‘li va ichki yo‘lni o‘lchab, dasturga kirgan, deb ketishdi. Davlat dasturi bo‘lganidan keyin pulni ajratish kerak. Loyiha bilan qilish kerak. Xalqning e’tirozi — yo‘lni qilib bermaganligida”, — deydi Sharofboy Ahmedov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bu masala bo‘yicha tuman hokimiga murojaat qildik. Lekin hech qanday o‘zgarish yo‘q. 2022-yilning 7-aprel kuni sayyor qabulga kirib, tuman hokimi Botir Jabborov bilan suhbatlashdim. Tuman hokimi bizning yo‘limiz hali loyihada yo‘q, dedi. Men bundan xafa bo‘ldim. Hokim ko‘chaga tosh to‘kib berishni va’da qildi, lekin asfalt qilib berolmayman, dedi. Ammo hali ham javob yo‘q. Bizda ikkita maktab bor: boshlang‘ich sinf va kattalar. Murg‘ak bolalar maktabga borguncha ustlari shalabbo bo‘lib borishadi”, — deydi Dilorom Jolmatova.

    Biz bilan suhbatda bo‘lgan Urgut tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Aliqulovning ta’kidlashicha, “Gulobod” va “Qayroqli” mahallalaridan o‘tuvchi 2 kilometr yo‘l yil oxirigacha joriy ta’mirlanadi.

    “‘Gulobod’ va ‘Qayroqli’ mahallalari hududidan o‘tgan yo‘lning 2 kilometr qismi tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan to‘liq yil yakuniga qadar joriy ta’mirlanib, foydalanishga topshiriladi. Islom Karimov ko‘chasi joriy ta’mirga tushib, avtoyo‘l tomonidan ta’mirlanmoqda. Bugungi kunda birinchi chorak yakuni va ikkinchi chorakning ikki oyida 22 ta og‘ir mahalla hududlarining qariyb 160 kilometrga yaqin loy ko‘chalari tosh ko‘chaga aylantirildi. Tumanimizda 2021-yilda qariyb 110 kilometrga yaqin yo‘llar asfalt qilinib, 180 kilometrdan ortiq loy ko‘chalarga toshlar tashlangan”, — deydi tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Aliqulov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tuman ahli “Yo‘llarimiz qachon yo‘lga o‘xshaydi, bizda ham qachon obodonchilig-u o‘zgarishlar bo‘ladi?” deyishmoqda. Tuman hokimi o‘rinbosari Shohrux Aliqulovning ta’kidlashicha, Urgut tumani “O‘ramas” mahallasida tuman avtomobil yo‘llariga qarashli yangi asfalt ishlab chiqaruvchi zavod qurilgan. Uning to‘liq ishga tushirilishi tez orada yo‘l muammosini bartaraf etadi.

    Yillar mobaynida aholi murojaati nega e’tiborsiz qolib kelmoqda? Nahotki bu yo‘llar shu vaqt davomida biror marotaba ham davlat dasturiga kiritilmagan bo‘lsa?! Agar kiritilgan bo‘lsa, unda nega hech qanday ish qilinmagan?! Qachondir bunga kimdir javob beradimi yoki yopig‘liq qozon yopig‘liq holida qolib ketaveradimi?

    22.06.2022, 13:42   Izoh (0)   7916
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? Ro‘yxat

    22.06.2022, 13:04

    Toshkentning ikkita tumani 23-iyun kuni 13 soatga elektr ta’minotidan uziladi

    22.06.2022, 12:46

    Toshkentdagi Evos kafelarining birida yong‘in chiqdi (video)

    22.06.2022, 12:34

    Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Xorazmga bordi (foto)

    22.06.2022, 12:18

    “Ortiqcha vahimaga berilmaslikni so‘raymiz”. Mas’ullar To‘palang suv omboridagi holat yuzasidan voqea joyida ma’lumot berdi

    22.06.2022, 12:08

    “O‘zgidromet” 23-iyun kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

    22.06.2022, 11:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 

     

    Tavsiya etamiz

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    26 avgust, 20:10

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qonda ushlangan 11 ta “valyutchik” qamaldi

    O‘zbekiston | 27 avgust, 00:10

    Farg‘onada ona-bola giyohfurushlar qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:55

    Suriya prezidenti o‘zini ISHIDning asosiy qurboni deb atadi

    Dunyo | 26 avgust, 23:40

    Toshkent viloyatida xotinini tosh bilan urib o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:31

    Banklarda muammoli kreditlar ulushi bir yilda 1,7 trln so‘mga ko‘paydi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 23:30

    Turkiya transport vaziri 225 km/soat tezlikda mashina haydagani uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 22:55

    Xiaomi ovozli boshqaruvga ega “aqlli” suv isitgichni taqdim etdi

    Dunyo | 26 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.