NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bild am Sonntag gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi bir necha yil davom etishi mumkinligini aytdi.
“Biz bu urush bir necha yillar davom etishi mumkinligiga tayyorlanishimiz lozim. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni zaiflashtirmasligimiz kerak. Hatto xarajatlar yuqori bo‘lsa-da — nafaqat harbiy yordam uchun, balki energiya va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi tufayli ham”, — deydi NATO rahbari.
Stoltenbergning qayd etishicha, agar bu urushdan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2008-yil Gruziyada va 2014-yil Qrimda qilgan ishini davom ettirishga qaror qilsa, NATO “juda kattaroq narx to‘laydi”.
Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham G‘arb yetakchilarini Ukrainadagi urushning uzoq davom etishiga tayyorlanishga chaqirgandi. Ukraina ayni paytda “urush tugashidan yiroq” ekani Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov ham aytib o‘tgandi.
Izoh (0)