Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson G‘arb davlatlari yetakchilarini Ukrainada uzoq davom etadigan harbiy harakatlarga tayyorlanishga chaqirdi. The Sunday Times gazetasi uchun yozgan maqolasida u ittifoqchilar Kiyevni “omon qolish va albatta g‘alaba qozonish uchun strategik chidamlilik” bilan ta‘minlashi kerakligini haqida yozdi.
“Hozirgi vaqt — bu muhim hayotiy faktor” — deb yozgan Jonson o‘z maqolasida. Uning fikricha, barchasi Ukraina o‘z kuchlarini Rossiyadan ko‘ra tezroq to‘play olishiga bog‘liq.
Buyuk Britaniya bosh vaziri 17-iyun kuni urush boshlangandan buyon ikkinchi bor Kiyevga tashrif buyurdi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan havo hujumidan mudofaa vositalari va iqtisodiy yordam masalalarini muhokama qilgan.
Safar yakunida Jonson Londonning Ukraina hududida uzoq muddat davom etayotgan harbiy harakatlar fonida “Ukrainadan charchoq” paydo bo‘lishini inobatga olgan holda, uni uzoq muddat qo‘llab-quvvatlashda davom etishi muhim ekanini aytib o‘tdi.
Izoh (0)