• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda bloger hokim yordamchisi videosini internetda tarqatmaslik evaziga undan 300 dollar talab qilgani aytilmoqda. Bloger esa bu uning kinoyasi ekanini bildirdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda dastlab Izboskan tuman hokimi yordamchisi ish vaqtida oyog‘ini uzatib, fuqaro bilan bepisand munosabatda bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Shundan so‘ng hokim yordamchisi esa bloger videoni tarqatmaslik uchun undan 300 dollar pul so‘ragani aks etgan audio tarqaldi. “Daryo” muxbiri voqeaga aniqlik kiritish maqsadida jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi.

    Hojimurod Umrzoqov.

    Hojimurod Umrzoqov.
    Foto: Telegram

    Izboskan tumani hokimi yordamchisi Hojimurod Umrzoqovning aytishicha, u 2021-yilning noyabr oyidan buyon hokim yordamchisi vazifasida ishlab kelgan. Shu vaqt davomida bloger undan bir necha marotaba pul so‘rab murojaat qilgan. U esa yordam berib kelgan. So‘nggi paytlarda esa blogerga moliyaviy ko‘mak berolmay qolgan. 2022-yilning 6-iyun kuni ham xalqaro blogerlar kuniga biror narsa qilib berishini so‘raganida, hech narsa qilib berolmasligini bildirgan.

    “U yigit menga yaqin qo‘shni mahallada turadi. Yoshligidan taniyman, gaplashib turardim. Tumandagi tadbirlarda ko‘p ko‘raman. Ukam sifatida hurmatini ham, izzatini ham joyiga qo‘yaman. Vaqti kelsa, forum yoki biror joyga boradigan bo‘lsa, mablag‘ tomondan yordam so‘rab ham kelgan. O‘shandan aka-ukachilik yuzasidan bir-ikki so‘m pul berardim. U esa buni noto‘g‘ri tushungan, shekilli, meni qo‘rqqanidan pul beradi deb o‘ylaganmi, bilmadim. Bunga isbotlarim ham bor.

    Xullas, o‘sha kuni obodonlashtirish xodimlari bilan birga kun bo‘yi ko‘chada tik oyoqda yurgandim. 17:25 lar atrofida xonaga kirsam, Muhammadyusuf o‘tirgan ekan. O‘zim bilan salqin ichimlik va qurt olib kirgandim. Uyoq-buyoqdan gaplashgan bo‘ldik. Keyin u menga ‘ayrimlarning ishlari’ haqida gapirib ketdi. Mening jahlim chiqib, ‘uka, to‘g‘ri sen blogersan, lekin ota-onang bor, ertaga uylanishing bor, hali kichkinasan, bu qilayotgan ishlaring yaxshi emas’, deb qattiq gapirdim. Bunaqa gaplarni bu yerda gapirmasligini, yo‘qsa bu yerdan chiqib ketishini aytdim. Oldin ham bu holat ko‘p bo‘lgandi. Shu payt mendan qurt so‘radi. Senga qurt yo‘q, deb hazillashdim. Yonimda yordamchim ham bor edi. Bu gaplardan uning ham xabari bor.

    Lekin o‘shanda Muhammadyusuf ham syomka qilayotgan ekan. Haqiqatan ham men oyog‘imni ko‘tarib o‘tirgandim. Syomka qilayotganini bilib ham, tushirmadim. U mendan blogerlar kuniga tadbir qilib berishimni so‘radi, men qilib berolmasligimni, bunga imkoniyatim yo‘qligini aytdim. Bundan avval Ramazon oyida ham 10 nafar blogerga iftorlik qilib berishimni so‘raganda rad javobini bergandim. Haqiqatan ham imkonim yo‘q edi. Bu safar ham yo‘q deganim uchun mendan pul undirmoqchi bo‘lganmi, nimani xohlagan, bilmadim. Nima bo‘lsa ham, men bilan bir mahallada yurgan yigitdan bunday ishni kutmagandim. Shu suhbatdan so‘ng atrofni, sochilib yotgan qog‘ozlarni va meni tasvirga ola boshladi. E’tibor bermadim, chunki yerdagi qog‘ozlarni ham o‘zi, mening stolimga aylanib o‘tib, o‘zi uchun ichimlik quyib olayotgan paytda tushirib yuborgan. O‘sha kuni ishdan oldirish bilan qo‘rqitgan edi. Mana, ishdan ham olindim. Shaxsan o‘zim hech narsa yo‘qotganim yo‘q. Ish topiladi, ammo ertaga ko‘z-ko‘zga tushishi bor”, — deydi ishdan bo‘shatilgan hokim yordamchisi Hojimurod Umrzoqov.

    Muhammadyusuf Yo‘ldoshev.

    Muhammadyusuf Yo‘ldoshev.
    Foto: Telegram

    Bloger Muhammadyusuf Yo‘ldoshev esa o‘sha kuni haqiqatan ham “Menga 300 dollar ber. Sening videoyingni chiqarmayman”, degan fikrni bildirganini tan olib, bu gaplarni kinoya-hazilomuz tarzida gapirganini aytmoqda.

    “O‘sha kungi holat quyidagicha bo‘lgan. Otabek degan do‘stim bor. Hokimiyatda ishlaydi. Hojimurod ‘pomoshnik’ning yordamchisi bo‘lib yuradi. O‘sha oshnamning oldiga chiqqanman. Gaplashib o‘tirgan vaqtimizda Hojimurod kirib kelgan. Kirib kelishi bilan do‘q-po‘pisalar qilib, so‘kinib, aynishni boshlagan. Bu bo‘yicha menda hozircha aniq isbot yo‘q. Lekin shunday qilgan. Bundan jahlim chiqqan. Keyin orada hazil-huzullar bo‘lgan. Shu hazil vaqtida hujjatlar pastga tushib ketgan. Bunda yuz foiz mening ham, uning ham aybi yo‘q deb bilaman. Chunki bu yerda hujjatlar aynan uyushtirilgan narsa emas.

    Shu jarayondan keyin men o‘tirish holatlarini tasvirga olganman. Sababi uning oldimda bunday o‘tirishi yoqmagan. Yoqmaganidan keyin uni ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborganman. Bir necha kunlar o‘tgandan keyin, kuni kecha holatdan so‘ng o‘sha vaqtda videoyim tugagandan keyin u ham yozib olishni boshlagan ovozlar tarqaldi. Yozishni boshlagan vaqtida ovoz eshitilgan. Shunda ham atayin gapirishni boshlaganman. ‘Menga 300 dollar ber. Sening videoyingni chiqarmayman’, degan gapni gapirdim. Ana shu gap-so‘zlardan keyin ham u bilan anchagina suhbat davom etgan. Adashmasam undan keyin ham davomi bo‘lgan. Keyin qaytib kelgan bo‘lishim kerak. Bu videodan keyingi ovozlarni yozmagan. Xullas, holat shunaqa bo‘lgan. U yerdagi gaplarni kinoya-hazilomuz tarzida gapirganman. Meni biladigan, yaxshi taniydiganlar bo‘lsa bunaqa hazil qilishimni va bunaqa ohangda gapirishimni juda yaxshi bilishadi”, — deydi bloger Muhammadyusuf Yo‘ldoshev.

    Izboskan tumani hokimligi axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirgan. Munosabatda hokim yordamchisi lavozimidan ozod etilgan, qolgan xodimlar esa tartibga chaqirilgani ma’lum qilingan.

    “Mazkur video joriy yilning 6-iyun kuni Yo‘ldoshev Muhammadyusuf tomonidan tasvirga olingan. Videolavhada hokim yordamchisi Umrzoqov Hojimurod hokimiyat ichki tartib-qoidalariga zid tarzda etika va estetika qoidalariga amal qilmay, hujjatlarning sochilgan holatlariga ham qaramay o‘tirgan jarayoni ko‘rsatilgan. Mana shu holat esa tasvirga yozib olingan. Shu o‘rinda oddiy haqiqatni ham aytish lozimki, yerda sochilgan turli hujjatlar tasvirga oluvchi tomonidan tushirilgan (tasvirchining bu holatni o‘z bo‘yniga olgan audio yozuvlari mavjud).

    Videotasvir esa 15-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda aylanishni boshlagan. Mazkur holat bo‘yicha tuman hokimi Serobiddin Ismoilov hokimiyat tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xodimlar: o‘rinbosarlar, bo‘lim boshliqlari, sho‘ba mudirlari, mutaxassislar hamda texnik xodimlar uchun yig‘ilish o‘tkazdi. Mazkur yig‘ilishning maqsadi esa kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan bo‘ldi. Tuman hokimi mazkur holat barchaga dars bo‘lishini, tuman hokimiyati binosi hududida tartib-qoida hamda etika va estetika qoidalariga qat’iy amal qilish, kuchli intizomni shakllantirish, tuman hokimiyati binosiga keluvchi barcha fuqarolar bilan sog‘lom muomala madaniyatini kuchaytirish kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma topshiriqlarini berdi.

    Yig‘ilish yakunida, bunday holatni takrorlamasligi uchun barchani qat’iy ogohlantirdi va yakuniy qaror e’lon qilindi. Unga ko‘ra hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Hojimurod Umrzoqov 16-iyun kunidan egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    18.06.2022, 12:50   Izoh (0)   26692
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tashkent Food Festival-2022 bir oyga kechiktiriladi

    18.06.2022, 12:12

    Komil Allamjonov issiq kunlarda mashinalar “tonirovka”sini bepul qilish taklifi bilan chiqdi

    18.06.2022, 11:51

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holati ketma-ket to‘rtinchi kun ortmoqda

    18.06.2022, 11:13

    Qarshida Nexia oynasidan oyoqlarini chiqarib harakatlangan mast ayol jarimaga tortildi (video)

    18.06.2022, 10:31

    Toshkentdagi uyida 15 nafar voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berishda gumonlangan er-xotin aniqlandi

    18.06.2022, 09:33

    Farg‘onada uyining tomorqasida 125 tup ko‘knori parvarishlab kelgan ayol ushlandi

    18.06.2022, 09:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.