Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Moldova sobiq prezidenti Igor Dodonning rafiqasi Galina Dodon korrupsiya haqidagi jinoiy ish bo‘yicha ayblanayotgani va uning mamlakatdan chiqishi taqiqlanganini ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: EADaily

Foto: EADaily

U Aksilkorrupsiya prokuraturasi prokurorlari tomonidan “paket ishi” bo‘yicha ayblanuvchi va jinoiy sherik deb topilgan.

“Kommersant” yozishicha, Galina Dodon noqonuniy boyishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda: u turmush o‘rtog‘i tomonidan 21 million leu (1 million yevro)dan ortiq qiymatga ega mulkning olinishida qatnashgan, bu esa deklaratsiya qilingan 3 million leu (150 ming yevro) miqdoridagi daromaddan ancha ziyoddir.

“Men hech qanday aybni tan olmayman. Bu mening turmush o‘rtog‘imni badnom qilish uchun o‘ylab chiqarilgan ish”, — dedi Galina Dodon jurnalistlarga.

Advokatlar aytishicha, u 60 kun mamlakatni tark etmaslik haqida tilxat yozib bergan.

Uch kun avval Igor Dodon rafiqasiga ko‘chaning qoq o‘rtasida prokuraturaga chaqiriq qog‘ozi topshirilganiga norozilik bildirgandi. U o‘zining siyosiy raqibi, amaldagi prezident Mayya Sanduni undan o‘ch olish uchun rafiqasi, farzandlari, onasi va yaqin qarindoshlariga hujum qilishda aybladi.

May oxirida Kishinyov sudi Moldova sobiq prezidenti Igor Dodonni 30 kunga uy qamog‘iga hukm qilgandi. U vatanga xiyonat, korrupsiya, noqonuniy boyish va siyosiy partiyaning jinoiy tashkilot tomonidan moliyalashtirilishida ayblanmoqda.

Dodon jurnalistlarga ish prezident Mayya Sanduning buyurtmasiga ko‘ra qo‘zg‘atilganini, go‘yoki u saylanganidan keyin darhol Dodonni qamoqqa yuborishni talab qilganini aytdi. Ayni paytda uning ma’lum qilishicha, bo‘layotgan voqealar “muxolifatning ta’sirini kesish maqsadida Moldovadagi AQSH elchixonasi tomonidan boshqarilmoqda”.

Rossiyaparast siyosatchi deb hisoblaniladigan Igor Dodon 2020-yilda prezident lavozimiga saylana olmadi va Moldovaning Yevroittifoq bilan yaqinlashuvi tarafdori bo‘lgan Mayya Sanduga yutqazdi.

Dodonga qarshi ish uning 2019-yilda moldovalik nufuzli siyosatchi va mamlakatdagi eng boy biznesmen Vladimir Plaxotnyuk bilan uchrashuvi aks etgan videoyozuvlar bilan bog‘liq. Videotasvirlardan birida Plaxotnyukning qo‘lida noma’lum paketni ko‘rish mumkin, uni o‘sha paytda prezident bo‘lgan Dodon “Kostyaga berishni” so‘ragan. Paketda pul bo‘lgan, degan da’volar ham aytildi. Dodon paket bilan bog‘liq videoyozuvni Plaxotnyuk tomonidan provokatsiya deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi