Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kishinyovda sud Moldova sobiq prezidenti Igor Dodonni 30 kunga uy qamog‘iga hukm qildi, deb yozadi Meduza. U vatanga xiyonat, korrupsiya, noqonuniy boyish va siyosiy partiyaning jinoiy tashkilot tomonidan moliyalashtirilishida ayblanmoqda.

Igor Dodon

Igor Dodon
Foto: “RIA Novosti”

Prokuratura Dodonni tergov izolyatoriga yuborishni so‘radi. Siyosatchining shu ish bo‘yicha sudlanayotgan  qaynog‘asi Petr Merinyanu sud tomonidan izolyatorga jo‘natildi.

Dodon jurnalistlarga ish prezident Mayya Sanduning buyurtmasiga ko‘ra qo‘zg‘atilganini, go‘yoki u saylanganidan keyin darhol Dodonni qamoqqa yuborishni talab qilganini aytdi. Ayni paytda uning ma’lum qilishicha, bo‘layotgan voqealar “muxolifatning ta’sirini kesish maqsadida Moldovadagi AQSH elchixonasi tomonidan boshqarilmoqda”.

Rossiyaparast siyosatchi deb hisoblaniladigan Igor Dodon 2020-yilda prezident lavozimiga saylana olmadi va Moldovaning Yevroittifoq bilan yaqinlashuvi tarafdori bo‘lgan Mayya Sanduga yutqazdi.

Dodonga qarshi ish uning 2019-yilda moldovalik nufuzli siyosatchi va mamlakatdagi eng boy biznesmen Vladimir Plaxotnyuk bilan uchrashuvi aks etgan videoyozuvlar bilan bog‘liq. Videotasvirlardan birida Plaxotnyukning qo‘lida noma’lum paketni ko‘rish mumkin, uni o‘sha paytda prezident bo‘lgan Dodon “Kostyaga berishni” so‘ragan. Paketda pul bo‘lgan, degan da’volar ham aytildi. Dodon paket bilan bog‘liq videoyozuvni Plaxotnyuk tomonidan provokatsiya deb atadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?