Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yilning 1-may holatiga O‘zbekiston fuqarolarining xorijga safar maqsadlari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar asosan xorijga qarindoshlarni yo‘qlash uchun boradi. 790 ming kishi aynan shu sabab bilan chet elga safar qilgan. Bundan tashqari, quyidagilar ham fuqarolarning xorijga chiqish maqsadi bo‘lib xizmat qilgan:
- dam olish — 181 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 53 ming kishi;
- davolanish — 12 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 4,2 ming.
Izoh (0)