Ekvador terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etadi.
Chili terma jamoasi Ekvador himoyachisi Bayron Kastilyo asli kolumbiyalik ekani, yoshini ham soxtalashtirganini da’vo qilib, FIFAga terma jamoani chetlatish talabi bilan murojaat qilgandi.
Barcha tomonlarning bayonotlarini tahlil qilib, olingan barcha ma’lumotlar ko‘rib chiqilib, FIFA tartib-intizom qo‘mitasi Ekvador futbol federatsiyasiga nisbatan ishni yopishga qaror qildi.
Chili ushbu qaror ustidan FIFA apellyatsiya qo‘mitasiga shikoyat qilishi mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)