Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass DXRda Britaniya fuqarolarining o‘limga hukm qilinishini qoralab, sud qarorini uydirma va noqonuniy deb atadi.
Hukm 9-iyun kuni DXR Oliy sudi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, Britaniyadan tashqari Marokash fuqarosi ham o‘lim jazosiga hukm qilingan.
“Donetsk Xalq Respublikasi Oliy sudining Buyuk Britaniya fuqarolari Shon Pinner va Aiden Aslinni o‘lim jazosiga hukm qilish haqidagi qarori uydirma va hech qanday qonuniylikka ega emas” — dedi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass.
Shuningdek, Trass Britaniya fuqarolarining o‘limga hukm qilinishini keskin qoraladi. “Ular harbiy asirlardir. Bu mutlaqo qonuniylikka ega bo‘lmagan uydirma hukmdir” — deya qo‘shimcha qilgan Britaniya tashqi ishlar vaziri.
Biroz oldinroq DXR Oliy sudi jangovar harakatlarda Ukraina tomonida yollanma jangchi sifatida qatnashganlikda ayblab, britaniyalik Pinner va Aslin, shuningdek, marokashlik Saadoun Brahimni o‘lim jazosiga hukm qilgan edi.
Izoh (0)