“Barselona” va “Manchester Yunayted” Frenki de Yong borasida kelishuvga erishishga yaqin.
So‘nggi muzokaralardan so‘ng tomonlar futbolchini 80 million yevroga transfer qilish borasida kelishib oldi, deya xabar qiladi Diario Sport.
25 yoshli yarim himoyachi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hagning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mutaxassis niderlandiyalik futbolchi uning jamoasiga o‘tishiga ishonmoqda.
Dastlab Frenki “Barselona”da qolishni xohlagandi, ammo klub uni qo‘yib yuborishga qarshi emasligini bilgach, fikrini o‘zgartirdi. Transfer futbolchining qaroriga bog‘liq.
Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” yozda o‘ndan ortiq futbolchisi bilan, jumladan, Frenki bilan ham xayrlashishga tayyorligi xabar qilingandi.
De Yong joriy mavsum La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)