• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islom Karimovning chegaralar o‘zgarmasligi haqidagi bayonoti, NATO bilan shartnoma tuzish orzusi, “bolalar mehnatini arzon sotish kapitalizmga xos”. O‘zbek matbuoti 1-iyunda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 1932-yil 1-iyun, chorshanba

    1932-yilda qanday maktablar o‘rnak qilib ko‘rsatilgan? “Toshkent Oktyabr (hozirgi Shayxontohur) rayon maorif qaramog‘idagi 45-son ‘Kim’ nomidagi 7 yillik maktabiga 31/32-yil o‘quv uchun maorif tomonidan berilgan kontrol raqami bo‘yicha 869 nafar o‘quvchi tortilishi lozim bo‘lsa ham, rayon maorif va maktab tashkilotlarining bu sohadagi zo‘r harakatlari natijasida plan ortig‘i bilan — 1243 o‘quvchini maktabga tortildi”, — deyiladi “‘Kim’ maktabidan o‘rnak oling!” xabarida.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-iyun sonidan lavha

    1932-yilda O‘zbekistondagi Kommunistik partiya tashabbusi bilan idora va tashkilotlar, korxona va muassasalar boshqaruvini o‘zbeklashtirish siyosati olib borilgan. Ammo respublika rahbariyatining bu boradagi qarorlari hammayoqda ham ko‘ngildagidek bajarilmagan: “Shahrisabz rayon Kitob stansiyasidagi 79-son paxta zavodi va shu joydagi paxta tayyorlash idorasida... ishlovchilarning 95 protsenti o‘zbek tilini bilmaydirgan ruslar bo‘lganligidan qishloqdan kelgan kolxozchi, yakka xo‘jaliklar o‘zlarining ishlarini bitirib ketishga til tomonidan qiynalayotirlar”, — deyiladi “Yosh leninchi”dagi “Yerlilashtirish qog‘oz ustida” xabarida.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Shanxay voqealarining qurbonlari yuzasidan motam” xabarining birinchi gapi e’tiborga molik: “28-may kuni yapon qo‘shini Shanxayga kirganidan boshlab 4 oy o‘tdi”.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 1-iyun sonidan lavha

    60 yil avval. 1962-yil 1-iyun, jumma

    Quyidagi suratda SSSRdagi baxtli bolalarni ko‘rib turibsiz:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-iyun sonidan lavha

    Bu suratda esa kapitalistik mamlakatlardagi yoki kapitalistik mamlakatlarning boshqa mamlakatlarga nisbatan olib borgan siyosati oqibatida qiynalayotgan bolalar:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-iyun sonidan lavha

    Albatta, xohish bo‘lsa, SSSRdagi qiynalgan bolalarning ham, kapitalistik mamlakatlardagi baxtiyor bolalarning ham suratlarini topish mumkin. Lekin hozircha propaganda bunga zarurat sezmaydi. Uning o‘rniga propaganda shunday deb yozadi: “Foyda ketidan quvib, bolalar mehnatini arzon sotish kapitalizmga xos razil va chirik odatdir. Kapitalist-imperialist uchun bola emas, pul afzal. Ular uchun o‘g‘il yoki qiz emas, boylik kerak. Onani boladan, bolani onadan juda etayotgan, million-million go‘daklarni yetim qoldirayotgan, ularning yoshlik umrini halokatga duchor etayotgan ham imperializmdir. Shuning uchun ham butun taraqqiyparvar insoniyat imperializmni lan’atlamoqda!”.

    Imperializmni lan’atlash mavzusini davom ettirib — sovet jamoatchiligi Yoppasiga qurolsizlanish va tinchlik uchun jahon kongressida qatnashadigan SSSR delegatlariga topshiriq bergan. Topshiriqlardan biri quyidagicha: “NATO bilan Varshava shartnomasi tashkiloti o‘rtasida hujum qilmaslik haqida pakt tuzishga mo‘ljallangan har qanday konstruktiv takliflar qo‘llab-quvvatlansin. Germaniya sulh shartnomasini tuzish va shu asosda G‘arbiy Berlindagi ahvolni normallashtirish yo‘li bilan Germaniya problemasini tezroq hal etish ayniqsa zarurdir”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-iyun sonidan lavha

    Moskvadagi Katta Kreml saroyida Sovet Ittifoqi va Mali Respublikasi xalqlari o‘rtasida do‘stlik mitingi bo‘lib o‘tgan. Unda SSSR yetakchilari, jumladan, Nikita Xrushchyov, shuningdek, Mali prezideti Modibo Keyta qatnashgan. Mitingda Xrushchyov nutq o‘qigan. Uning boshqa nutqlarida bo‘lgani kabi, bunisida ham qiziq o‘rinlar bor. Masalan, uning ta’kidlashicha, “kapitalistik mamlakatlardan farqli o‘laroq, SSSR yosh mustaqil davlatlarga beg‘araz yordam ko‘rsatadi”. Yordamlar beg‘araz bo‘lganiga ishonish qiyin, lekin Xrushchyov gapida qat’iy.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 1-iyun sonidan lavha

    30 yil avval. 1992-yil 1-iyun, dushanba

    1992-yilgi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    1992-yilgi Toshkentning o‘z sinflarini “remont” qilayotgan o‘quvchilari:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    1992-yilda mashina ostida qolgan 3 yoshli go‘dak:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    Moskvada O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida Do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan. Shartnomalar imzolangach, prezident Islom Karimov va uning rossiyalik hamkasbi Boris Yelsin jurnalistlar bilan uchrashgan. “Islom Karimov shuni ta’kidladiki, ushbu hujjatlarning imzolanishi chegaralarni qaytadan ko‘rib chiqish xususida gapirayotganlar uchun hushyorbaxsh bir omil bo‘ladi... Uzoq yillar mobaynida qaror topgan sobiq SSSR va O‘zbekistonning chegaralari o‘zgarishi mumkin degan xomxayolni hech kim xayoliga ham keltirmasin”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    Dunyoda nima gap? Rossiya va Gruziya o‘rtasida sobiq SSSRning Batumi, Poti va Ochamchiridagi harbiy-dengiz bazalari u yerdagi kemalari bilan birga Gruziya ixtiyorida qoldirilishi haqida kelishuvga erishilgan.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    BMT Serbiya va Chernogoriyani Bosniya va Gersegovinaning ichki ishlariga aralashishda ayblab, ularga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini qo‘llagan. “Endilikda bu davlatlar bilan savdo-sotiq, madaniy aloqalarga yo‘l qo‘yilmaydi”, — deb yozadi “Toshkent oqshomi”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 1-iyun sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • O‘zbeklarning “ikkinchi ona tili”, respublika g‘allakorlarining eng ulkan majburiyati, “urush uchun ishlayotgan AQSh biznesi”. O‘zbek matbuoti 31-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Kanadaliklar uchun Qo‘qon paypoqlari, “test sinovlari poraxo‘rlikka chek qo‘yadi” degan umid, “bir cho‘qishda qochiradigan propaganda” bilan maqtangan Xrushchyov. O‘zbek matbuoti 30-mayda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zbekistonda talon mojarosi, Yelsinning 1996-yilgi saylovda qatnashmaslik qarori, Toshkentda Amerika traktori ustidan sud. O‘zbek matbuoti 28-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    01.06.2022, 07:30   Izoh (0)   15384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 24-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:15

    Chinozdagi dehqon bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 23:00

    NASA’ning “o‘lik” sun’iy yo‘ldoshi 60 yildan so‘ng birinchi marta signal yubordi

    Dunyo | 24 iyun, 22:38

    London politsiyasi Florensiyada yasalgan 285 yillik skripkani qidirmoqda

    Dunyo | 24 iyun, 22:21

    “Ukrainani Yevropa Ittifoqi va NATOga qabul qilish mumkin emas” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 24 iyun, 22:05

    O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari rafiqalari bilan birga qo‘shma konsertda ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:51

    O‘zbekistonda besh oyda qancha fuqaro ovqatdan zaharlangani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 24 iyun, 21:45

    O‘zbekiston Kubogi. “Mashʼal” mehmonda “Neftchi”ni mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 iyun, 21:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.