• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Germaniya kansleri Ukrainaga “juda og‘ir qurol-yarog‘” yetkazib berish qarorini ma’lum qildi

    Germaniya hukumati Ukrainaga IRIS-T o‘rta masofali zenit-raketa majmualarini yetkazib berishga qaror qildi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Bundestag (parlament)da bundesver (qurolli kuchlar) uchun maxsus fond yaratish masalasi bo‘yicha munozaralar chog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Ushbu fond Kiyevga qurol-yarog‘ uchun mablag‘larni ham o‘z ichiga oladi.

    Olaf Shols

    Olaf Shols
    Foto: AP Photo

    “Shu tariqa, biz Ukrainaga butun bir yirik shaharni himoya qilish imkoniyatini beramiz”, — dedi Shols va bu Germaniyaning eng zamonaviy havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi ekanini qo‘shib qo‘ydi.

    Kanslerning qo‘shimcha qilishicha, yaqin haftalar ichida Kiyev 12 ta “dunyodagi eng zamonaviy o‘ziyurar gaubitsa”ni qo‘lga kiritadi, bu Niderlandiya bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi, ukrainalik harbiylarni tayyorlash esa bir necha kunda yakunlanadi. Shuningdek, Berlin Vashington bilan birgalikda Ukraina tomoniga baravar o‘t ochish raketa tizimlarini yetkazadi, biroq ularning masofasi Rossiyaga zarbalar berish imkonini bermaydi. Bundan tashqari, Kiyev dushmanning minomyotlari, gaubitsalari va reaktiv artilleriyasini aniqlashga qodir kuzatuv radarlariga ega bo‘ladi, dedi Shols.

    Bularga qo‘shimcha tarzda, Ukrainaga “Gepard” tanklarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, Kiyevdagilar aynan shuni qo‘lga kiritish istagini bildirgan edi. “Bu juda og‘ir qurol-yarog‘”, — deya ta’kidladi Shols.

    Germaniya kansleri Ukrainadagi voqealar qurbonlarini va shaharlar vayron bo‘layotganini ko‘rish hamma uchun og‘ir ekanini aytdi. “Putin bu urushda g‘olib bo‘lmasligi kerak va unday bo‘lmaydi ham”, — deya ta’kidladi u. Sholsning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya fevral oxiridan buyon Ukrainaga 15 milliondan ortiq patron, 100 mingta qo‘l granatasi va 5 mingdan ziyod tankka qarshi minalarni yetkazib bergan, mamlakat hukumati Rossiya maxsus operatsiyalarining eng boshidan buyon “uzluksiz yetkazib berishlar”ni amalga oshirmoqda.

    13-may kuni Germaniya hukumati tomonidan Ukrainaga IRIS-T SLM tizimlari berilishi muhokama qilinayotgani haqida ba’zi OAVlar o‘z manbalariga tayanib ma’lum qilgan edi. IRIS-T SLM raketalari parvozi eng ko‘pi bilan 40 kilometrgacha parvoz qilishi mumkin, ular 20 kilometrgacha balandlikda uchayotgan nishonlarga borib tegishi mumkin. Berlin tizimlar Kiyevga noyabrda joylashtirilishi mumkin, deb taxmin qilayotgani aytilgandi.

    Ayni paytda AQSH prezidenti Jo Bayden uning mamlakati Ukrainaga ilg‘or qurol-yarog‘ tizimlarini, shu jumladan, Stinger ko‘chma zenit raketa majmualarini, Javelin tankka qarshi majmualarini, shuningdek, artilleriya va Mi-17 vertolyotlarini yetkazib berishda davom etishini ma’lum qildi.

    Shuningdek, u Rossiya yadro qurolidan foydalanmoqchi emasligi haqida fikr bildirdi. “Bilaman, butun dunyodagi ko‘plab odamlar yadro quroli qo‘llanilishidan xavotirda. Ayni paytda Rossiyaning Ukrainada yadro qurolidan foydalanish niyati borligini ko‘rsatuvchi hech qanday belgilar yo‘q”, — dedi AQSH prezidenti.

    31-may kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Vashington Kiyevga Rossiya hududiga yetib bora oladigan raketa komplekslarini bermasligini aytgan edi. Ertasi kuni The New York Times gazetasiga bergan bayonotida u Kiyevga “jang maydonidagi asosiy nishonlarga aniqroq zarba berish” imkonini beradigan ilg‘or raketa tizimlari va o‘q-dorilar yetkazib berilishini e’lon qildi.

    Oq uy Ukrainaga M142 HIMARS MLRS’ni o‘z ichiga olgan yangi 700 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etishini aytdi. Bayden ma’muriyati Ukraina harbiylari ulardan Rossiyadagi nishonlarga zarba berishda foydalanmasligi kerakligini ta’kidladi.

    Rossiya TIV Ukrainaga Rossiya hududiga yetib bora oladigan qurol-yarog‘ yetkazib berilishi “keskinlashuv sari katta qadam” bo‘lishidan ogohlantirgan. Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov, o‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlardan Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni bas qilishni talab qilgan.

    Zelenskiy esa Rossiya hududiga hujum qilish ehtimolini rad etdi. Ukraina uzoq masofaga mo‘ljallangan qurollarni Rossiyadagi nishonlarga hujum qilish maqsadida emas, balki o‘z mudofaasi uchun so‘ramoqda, dedi u.

    Mavzuga doir:

    • Shols Germaniya armiyasini Yevropadagi eng yirik armiyaga aylantirishni va’da qildi
    • Germaniya sobiq prezidenti Gauk Ukrainaga qurol yetkazib berishni qo‘llab-quvvatladi
    • Makron va Shols Putindan “Azovstal” himoyachilarini ozod qilishni va Odessa qamalini tugatishni so‘radi

    01.06.2022, 21:34   Izoh (0)   15969
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Arzon narx va yangi xaridor: nima uchun Xitoy bu darajada ko‘p Rossiya ko‘mirini sotib olmoqda?

    01.06.2022, 21:10

    Turkiya NATOning Qora dengizdagi bir qator harbiy mashg‘ulotlarini bekor qildi

    01.06.2022, 19:55

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Atambayevga yangi ayblovlar qo‘yildi

    01.06.2022, 19:15

    “Ukrainani demokratlashtirish va yangi hujumlardan himoya qilish”. Bayden AQSHning maqsadlarini sanadi

    01.06.2022, 19:01

    Zelenskiy Rossiya hududiga hujum qilish ehtimolini rad etdi

    01.06.2022, 18:28

    Tailand barcha toifadagi sayyohlar uchun karantinni bekor qildi

    01.06.2022, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Endi tinchlikni tanlash kerak, aks holda keyingi hujumlar bundan kattaroq bo‘ladi” — Tramp Eronni ogohlantirdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.