• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Oskar”ga 4 marta nomzod bo‘lgan “Qochoq kelin” — Juliya Roberts haqida siz bilmagan 20 ta fakt (foto)

    Julia Robertsning filmografiyasida o‘nlab yorqin rollari bor, bundan tashqari, People jurnali uni 5 marta dunyodagi eng go‘zal ayol deb topgan. Agar Roberts o‘z avlodining eng muvaffaqiyatli aktrisalaridan biri sifatida tarixga kiradi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, lekin uning muvaffaqiyat sari yo‘li ancha qiyin kechganini ko‘pchilik bilmaydi.

    Foto: AdMe
    • Juliya kichik shaharcha — Smirnada, sobiq aktyor va dramaturg oilasida tug‘ilgan. Uning ota-onasi bolalar aktyorlik maktabini boshqargan. Bo‘lajak yulduz akasi Erik va singlisi Liza bilan birga o‘sgan.
    • Juliya 4 yoshga to‘lganida onasi ajrashish uchun ariza beradi va tez orada boshqa odamga turmushga chiqadi. Shu tariqa Robertsning o‘gay singlisi dunyoga keladi. Bu nikoh Juliyaning onasiga baxt keltirmaydi: yangi turmush o‘rtog‘i oilani ta’minlay olmagani ustiga juda qattiqqo‘l odam edi. O‘gay otasi bilan munosabatlari yomonligi yetmaganday, o‘z otasi kasallikdan vafot etadi.
    • “Sohibjamol” yulduzi bolaligida sahnani orzu qilmagan, balki veterinar bo‘lishni xohlagan. Biroq keyinroq intervyuda u bu kasbni o‘rganish unga juda qiyin bo‘lib tuyulganini tan oladi.

    Foto: AdMe
    • Kempbell o‘rta maktabini tugatgandan so‘ng, Juliya shtat universitetiga o‘qishga kirdi, lekin uni tugatmay, ota-onasining izidan borishga va aktrisa bo‘lishga qaror qiladi. Ko‘p o‘tmay u Nyu-Yorkka ketadi va modellashtirish agentligi bilan shartnoma imzolash bilan birga aktyorlik kurslariga yozildi.
    • Aytish kerakki, uning akasi, aktyor Erik Roberts Juliyaning karyerasida muhim rol o‘ynagan. Aynan u Juliyaning Gollivudga qadam qo‘yishiga yordam bergan. Erik u paytda ko‘plab filmlarda rol o‘ynagandi. Kino agentini singlisi bilan shartnoma imzolashga ko‘ndirgan ham akasi bo‘ladi.
    • Ko‘p o‘tmay, Robertsga bir nechta epizodlarga taklif tushadi va akasi bilan birgalikda kichik rol o‘ynaydi. Uning eng diqqatga sazovor ishi yulduzli karyerasining boshlanishi bo‘lgan “Mistik pitssa” filmidagi ofitsiant roli edi. Film chiqqandan so‘ng, nufuzli tanqidchilardan biri Robertsni “shiddatli energiyaga ega sohibjamol” deb ataydi.

    Foto: AdMe
    • Afsuski, keyinchalik Juliya va Erikning munosabatlari buziladi, akasining giyohvandligi tufayli ko‘p yillar gaplashishmaydi ham. Juliya bunday turmush tarzini xohlamaydi: akasining qiliqlariga ortiq chiday olmasdi.
    • Erik va uning qiz do‘sti o‘rtasidagi bolaga vasiylik qilish uchun kurash paytida Juliya akasining yonini olmagani munosabatlarni, ayniqsa, yomonlashtirdi.
    • Aytgancha, bu bola hozirda muvaffaqiyatli aktrisa — Emma Roberts edi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qizning taqdirida xolasi katta rol o‘ynaydi. Bir vaqtlar Juliya  Gollivudga aktyor akasi tufayli kirib kelgandi, keyinchalik u akasining qiziga yulduz bo‘lishiga yordam beradi. Bolaligidanoq Emma ko‘p vaqtini xolasi bilan suratga olish maydonchalarida o‘tkazardi va bu tajriba qizchada aktrisa bo‘lish istagini uyg‘otdi.

    Foto: AdMe
    • Tomoshabinlar Juliyani “Sohibjamol” filmi chiqqandan keyin sevib qolishdi, ammo bundan oldin u xuddi shu nomdagi pyesaga asoslangan “Po‘lat magnoliyalar” filmida ham rol o‘ynagan. Rejissorlar bu rol uchun Laura Dern va Vaynona Rayderni mo‘ljallashgan, ammo kasting direktori Juliyani sinab ko‘rishlarini so‘ragan. Keyinchalik pyesa muallifi “xonaga kirganida uning tabassumi atrofdagi hamma narsani yoritib yuborganini” yaxshi eslaydi.
    • Film ekranlarga chiqqandan so‘ng Roberts “Oskar” va “Oltin globus” mukofotiga “Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida nomzod bo‘ldi.
    • Keyingi muvaffaqiyat uning afsonaviy “Sohibjamol” filmidagi roli bo‘ldi.

    Foto: AdMe
    • Vivian roli tufayli Juliya “Oskar” va “Oltin globus”ga ikkinchi marta nomzod bo‘ladi. Kartina, shuningdek, romantik komediya uchun sotilgan chiptalar soni bo‘yicha rekord qo‘yadi, Robertsning filmda kiygan qizil libosi esa kinodagi eng mashhur liboslardan biriga aylanadi.
    • Buning ortidan kinoda unchalik mashhur bo‘lmagan bir qator rollari paydo bo‘ladi, buning ortidan aktrisa 2 yil tanaffus qildi. To‘g‘ri, bu tanaffus aktrisaning karyerasiga yaxshi ta’sir ko‘rsatmadi: uning keyingi filmlarining ba’zilari tomoshabin va tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilinmadi, “Meri Rayli” filmi esa butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
    • Vaziyatni Robertsning “Do‘stimning to‘yi” filmi va “O‘gay ona” dramasidagi rollari ushlab turdi. Biroq tomoshabinlar hali ham Juliya va Richard Gir duetini ko‘rishni orzu qilgan “Sohibjamol”ni yaxshi ko‘rardi. Ko‘p o‘tmay muxlislar istaganidek, ular juftlik rolini o‘yanagan “Qochoq kelin” filmi namoyish etildi.
    • Shaxsiy hayotiga kelsak, Robertsning ishqiy romanlari haqida ko‘p mish-mishlar tarqalgan. Masalan, u aktyorlar Jeyson Patrik, Liam Nison, Dilan MakDermott, Metyu Perri va Kifer Sazerlend bilan munosabatda bo‘lgan. U hatto Kifer Sazerlend bilan unashtirilgan, lekin yoshlar to‘ydan 3 kun oldin ajralishdi. Ko‘p o‘tmay Juliya kantri qo‘shiqchisi Layl Lovettaga turmushga chiqdi, ammo 2 yildan keyin ular ham ajralishdi.

    Juliya Roberts va Kifer Sazerlend

    Juliya Roberts va Kifer Sazerlend
    Foto: AdMe
    • Vanihoyat Roberts “Meksikalik” filmining suratga olish jarayonida tanishgan operator Daniel Moder bilan oilaviy baxtini topdi. To‘y ranchoda bo‘lib o‘tdi. Hozirda er-xotinning 3 nafar farzandi bor: 2 egizak – o‘g‘il va qiz, yana bir o‘g‘il.
    • Robertsning yangi yorqin g‘alabasi Stiven Soderberg filmidagi Erin Brokovich roli bo‘ldi. Yolg‘iz ona va inson huquqlari himoyachisi obrazi aktrisa uchun ajoyib muvaffaqiyat bo‘ldi va nihoyat unga orzu qilingan “Oskar”ni olib keldi.
    • Aytgancha, Juliya  suratga olish uchun 20 million dollar olgan birinchi aktrisa bo‘ldi. keyingi ishi — “Mona Liza tabassumi” filmida aktrisa bundan ham kattaroq daromad oldi. Bir muncha vaqt u Gollivuddagi eng ko‘p maosh oladigan aktrisaga aylandi.

    Foto: AdMe
    • Juliya Roberts Jorj Kluni bilan ko‘p yillardan beri do‘st. Ular “Oushenning 11 do‘sti” filmini suratga olish paytida yaqinlashib qolishdi. Gap shundaki, o‘sha paytda aktrisa egizaklariga homilador bo‘lgan va Kluni unga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilgan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, bu juda ta’sirli edi.
    • Egizaklar — qiz va o‘g‘il tug‘ilishi ham Juliya va uning akasi Erik o‘rtasidagi muzni eritib yubordi. Akasi tog‘a bo‘lganini bilgach, darrov kasalxonadagi singlisining oldiga yugurdi. O‘shandan keyin ularning munosabatlari iliqlashdi, hozirda ham ular ko‘pincha oilaviy ta’tillarni birgalikda o‘tkazishadi.
    • Klunidan tashqari, Juliya Opra Uinfri bilan ham yaqin do‘st. Roberts xuddi shu nomdagi asar asosida suratga olingan “Ye, ibodat qil, sev” filmidagi roli uchun undan minnatdor. Gap shundaki, bu Opraning eng sevimli kitobi bo‘lgan va Juliya  asar asosida film suratga olish g‘oyasini bergan.

    Foto: AdMe
    • Qizig‘i shundaki, ushbu film suratga olinayotganda Juliya  4 kiloga semiradi —barchasi Rim mahalliy oshxonasining ajoyib mazasi tufayli edi. Roberts, shuningdek, film ijodkorlaridan oilasini ham Baliga ko‘chirib kelish shartini qo‘yadi.
    • Aktrisa hayotidagi eng qiyin davrlardan biri 2014 va 2015-yillar bo‘ldi: bu vaqtda u 2 ta katta yo‘qotishni boshdan kechirdi. Avvaliga uning o‘gay singlisi olamdan o‘tdi, ko‘p o‘tmay uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng onasi ham vafot etdi.

    Foto: AdMe
    • Bunday og‘ir stressni yengishiga ishi yordam berdi. So‘nggi paytlarda aktrisa jiddiy filmlarda suratga tushishni afzal ko‘rib, oilaviy muammolarni boshdan kechirayotgan murakkab qahramonlarni tanlaydi. “Mo‘jiza” va “Benni qaytarish” filmlari shular jumlasidan.
    • 2022-yilning kuzida esa aktrisaning muxlislariga haqiqiy sovg‘a bo‘ladi: ular Juli va Jorj Kluni duetini yana ekranlarda ko‘rishlari mumkin. Do‘stlar birgalikda “Jannatga chipta” filmida suratga tushishadi.

    Foto: AdMe
    • Filmlardagi faoliyatidan tashqari, Juliya ko‘p yillar davomida yaxshi niyat elchisi bo‘lgan. 1995-yilda u muhtoj bolalarga yordam berish dasturini ishlab chiqishda yordam berish uchun Gaitiga boradi. Bundan tashqari, o‘z faoliyati davomida Juliya ko‘plab ekologik tashabbuslarni, xususan, “Toza havo” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, u ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan Change Bell kampaniyasida ishtirok etgan.
    • Hozirda yulduz 54 yoshda, katta farzandlari tez orada kollejga boradi, aktrisaning o‘zi esa ijodiy rejalarga to‘la. Va u hali ham ajoyib ko‘rinishda. Qanday qilib bunday formada bo‘lishi haqidagi barcha savollarga Juliya shunchaki omadli ekanligini aytadi: “Bu 97 foiz genetika. Go‘zallik sirlari yoki shunga o‘xshash narsalarga ishonmang, hamma gap — yaxshi genetikada”.

    Mavzuga doir:

    • Filmlardagi obrazlari ishonchli chiqishi uchun hayotini xavf ostiga qo‘ygan jahon kinosi yulduzlari (foto)
    • Olamshumul mashhurlik keltirishi mumkin bo‘lgan rollarni rad etgan aktyor va aktrisalar (foto)
    • Kotiba, farrosh, jinnixonada yuk tashuvchi: Gollivud yulduzlari mashhur bo‘lgunga qadar qayerda ishlagan?

    28.05.2022, 14:27   Izoh (0)   32780
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Odamni bunchalik iste’mol qilib yuborish kerak emas-da”. Yulduz Usmonovaning eri avvalgi konsertdagi “parda voqeasi” unga qanday ta’sir qilgani haqida (video)

    27.05.2022, 19:41

    Taniqli Gollivud aktyori Rey Liotta vafot etdi

    27.05.2022, 10:24

    Xonanda Nargiz Zokirovaga 2072-yilga qadar Rossiyaga kirish taqiqlandi

    26.05.2022, 15:47

    “Yalala bobo” termasi bilan ko‘zga tashlangan Elyorbek Meliboyev bir so‘m tikmasdan, folklor qo‘shiq va gitara bilan mashhurlikka erishayotgani haqida (video)

    26.05.2022, 14:10

    “Uning fe’li kimgadir yoqadi, kimgadir yo‘q”. Yulduz Usmonovaning opasi singlisining bolaligi, fe’l-atvori hamda yoshligidan qattiq ishlagani haqida (video)

    26.05.2022, 12:45

    “Bir-birimizni 7 yil sinadik”. Xonanda Kaniza turmushga chiqqanini ma’lum qildi (foto, video)

    25.05.2022, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.