Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Senatning 26-yalpi majlisida O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisini tayinlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Mamarizo Nurmuratov

Mamarizo Nurmuratov
Foto: Oliy Majlis Senati

Majlisda senatorlar Mamarizo Nurmuratovni navbatdagi muddatga Markaziy bank boshqaruvi raisi etib tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining vakolat muddati 5 yilni tashkil qiladi. Ayni paytda Markaziy bank boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelayotgan Mamarizo Nurmuratov ushbu lavozimga 2017-yilda tayinlangan edilar. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Mamarizo Nurmuratovni Markaziy banki boshqaruv raisi lavozimiga tayinlash uchun taqdimnoma kiritilgan”, – dedi Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Ma’lumot uchun, Mamarizo Nurmuratov 1960-yili Samarqand viloyatida dunyoga kelgan. 1977-yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirib, 1982-yili Leningrad iqtisodiyot-moliya institutini tamomlagan. 1985-1988-yillarda Moskva Moliya instituti aspiranturasida tahsil olgan.  Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Mamarizo Nurmurotov 2000–2004-yillarda O‘zbekiston moliya vaziri bo‘lgan. 2004–2006-yillarda Samarqand hokimi lavozimida ishlagan. 2006-2017-yillarda O‘zbekiston Markaziy banki raisining maslahatchisi, 2017-yil iyundan boshlab Markaziy bank raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi