Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonga yanvar—aprel oylarida qiymati 38,5 million dollarga teng bo‘lgan 124,8 ming tonna bug‘doy uni import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning yanvar—aprel oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlat Qozog‘iston — 122,8 ming tonna. Keyingi o‘rinlar quyidagicha:

  • Rossiya – 1,9 ming tonna;
  • AQSH – 50 tonna;
  • Italiya – 27 tonna;
  • Hindiston – 2 tonna;
  • Fransiya – 1,8 tonna.
Avvalroq O‘zbekistonda g‘alla mavsumi uchun 4 mln tonnadan ortiq don saqlash sig‘imiga ega korxonalar ro‘yxati shakllantirilgani, g’alla sotilishida monopoliya holatlari kuzatilsa, qanday choralar ko‘rilishi, borish qiyin bo‘lgan hududlarga un va un mahsulotlarini yetkazib berish mahalliy budjetdan qoplanishi, mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartirilishi, 2022-yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlar e’lon qilingani haqida xabar berilgan.

O‘zbekiston 4 oyda 116 mingta muzlatgich import qilgan. 50 mingtadan ortiq televizor olib kelingan. Yil boshidan beri Qozog‘istondan 1,1 mln tonna bug‘doy import qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi