Daryo

O‘zbekiston 4 oyda 116 mingta muzlatgich import qildi

Texnikalarning yarmidan ko‘pi Rossiyadan olib kelingan

1 daqiqa o‘qish51 792 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonga yanvar—aprel oylarida xorijdan qiymati 26,5 million dollarga teng bo‘lgan 116 639 dona muzlatgich import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, muzlatgich importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8390 donaga oshgan. O‘zbekiston 22 ta davlatdan muzlatgich olib kelgan. Asosiy hamkor — Rossiya, 66 914 dona muzlatgich olib kelingan. Uchlikda Xitoy va Turkiya joylashgan. To‘liq ro‘yxat quyida:
  • Rossiya – 66 914 dona;
  • Xitoy – 31 339 dona;
  • Turkiya – 5986 dona;
  • Belarus – 5200 dona;
  • Indoneziya – 2232 dona;
  • Tailand – 1471 dona;
  • Vyetnam – 1326 dona;
  • Germaniya – 107 dona;
  • Italiya – 105 dona.
Avvalroq O‘zbekistonga 4 oyda 50 mingtadan ortiq televizor olib kelingani xabar qilingandi. Bundan tashqari, yil boshidan beri Qozog‘istondan 1,1 million tonna bug‘doy import qilingani, yanvar—aprel oylarida qariyb 1 million dona telefon olib kelingani haqida xabar berilgan.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar