Daryo

O‘zbekistonga 4 oyda 50 mingtadan ortiq televizor olib kelindi

Ushbu texnikalarning qariyb yarmi Xitoydan import qilingan

1 daqiqa o‘qish33 300 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—aprel oylarida xorijdan qiymati 14,1 million dollarga teng bo‘lgan 50 239 dona televizor import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, televizor importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 10 805 donaga oshgan. Mamlakatga 13 ta davlatdan televizor olib kelingan. Bu bo‘yicha eng asosiy hamkor Xitoy sanaladi — 24 840 dona televizor olib kelingan. Keyingi o‘rinlarda quyidagi davlatlar joylashgan:
  • Rossiya – 22 854 dona;
  • Indoneziya – 1 895 dona;
  • Polsha – 296 dona;
  • Ukraina – 264 dona;
  • Turkiya – 34 dona;
  • BAA – 15 dona.
Avvalroq O‘zbekistonga yil boshidan beri Qozog‘istondan 1,1 mln tonna bug‘doy import qilingani, yanvar—aprel oylarida qariyb 1 mln dona telefon olib kelingani haqida xabar berilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar