• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Mikroto‘lqinli pechdan foydalanish sog‘liq uchun xavflimi? Tashvishlanish emas, bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar

    Mikroto'lqinli pech o'tgan asrning 50-yillarida oziq-ovqat mahsulotlarini isitish va muzdan tushirish uchun ixtiro qilingan — qulay, sodda va eng muhimi, tez ishlaydigan texnika. O‘shandan beri bir asrdan oshiq vaqt o‘tdi, dunyoda millionlab pechkalar sotilgan, ammo ko‘pchilik hali ham ushbu qurilmaning xavfsizligiga shubha qilmoqda. Agar nurlanish sog‘liq uchun zararli bo‘lsa va oziq-ovqatdagi ozuqaviy moddalarni yo‘q qilsa-chi? Elektromagnit to‘lqinlar oziq-ovqat sifatiga qanday ta’sir qilishini va mikroto‘lqinli pechdan foydalanishda qanday qoidalarga rioya qilish kerakligini bilib olamiz.

    Mikroto‘lqinli pech qanday ishlaydi?

    Mikroto‘lqinli pech — bu elektr energiyasini mikroto‘lqinli nurlanishga aylantiradigan oshxona jihozi hisoblanadi. Magnitron deb ataladigan maxsus qurilma tomonidan ishlab chiqarilgan mikroto‘lqinli nurlanish pechga qo‘yilgan oziq-ovqat molekulalarini qo‘zg‘atadi, ularning harakatlanishi va bir-biri bilan to‘qnashishiga olib keladi, buning natijasida ularning harorati ko‘tariladi, natijada ovqat isiydi. Mikroto‘lqinlar birinchi navbatda suv molekulalariga ta’sir qiladi, ammo ular oqsil, yog‘ va uglevod zarralarini ham isitadi.

    Foto: Elle

    Foto: Elle

    “Nurlanish” so‘zi quloqqa xunuk eshitiladi, shuning uchun mikroto‘lqinli pechlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi bahslar ular ixtiro qilingan kundan boshlab davom etmoqda. Biroq bu atom bombalari va yadroviy ofatlar bilan bog‘liq bo‘lgan radiatsiya turi emas. Mikroto‘lqinlar — ionlashtiruvchi bo‘lmagan chastotali elektromagnit yoki yorug‘lik to‘lqinlari, boshqacha aytganda, ular kimyoviy transformatsiyalarga olib kelmaydi. Mobil telefon va elektr chiroq ham past intensivlikda bo‘lsa-da elektromagnit nurlanishni keltirib chiqaradi. Bugungi kunda radiatsiyadan qochib qutuladigan joy yo‘qligi sababli vaqti-vaqti bilan ulardan dam olish va har doim xavfsizlik qoidalariga rioya qilish lozim.

    Mikroto‘lqinli pechlarda himoya ekranlari mavjud bo‘lib, ular pechdan issiqlik chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va nurlanishdan hech qanday zarar bo‘lmaydi. Shuningdek, mikroto‘lqinli pechingiz yaxshi holatda ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar u eski, singan bo‘lsa yoki eshigi yaxshi yopilmasa, yangisini olgan ma’qul.

    Foto: Elle

    Foto: Elle

    Mikroto‘lqinlar ovqatga qanday ta’sir qiladi?

    Mikroto‘lqinlarning oziq-ovqatga ta’siri haqida gap ketganda, pishirishning har qanday shakli mahsulotning ozuqaviy qiymatni pasaytirishini esdan chiqarmaslik kerak. Vitaminlar va ozuqa moddalarining asosiy “qotillari” — harorat, vaqt va tayyorlash usuli hisoblanadi.

    20 xil sabzavot bilan olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, mikroto‘lqinli pechda va an’anaviy pechda pishirish qaynatish yoki dimlashga qaraganda ko‘proq antioksidantlarni saqlab qoladi. Shu bilan birga, olimlar brokkoli mikroto‘lqinli pechda muzdan tushirganda tarkibidagi flavonoid antioksidantlarning 97 foiz,  qaynatganda esa  66 foiz  yo‘q bo‘lishini aniqladilar. Ushbu tadqiqot ko‘pincha mikroto‘lqinli pechlar oziq-ovqatni yo‘q qilishining isboti sifatida keltiriladi, aslida u faqat muzlatilgan oziq-ovqatlardagi suv ozuqa moddalarining parchalanishini tezlashtiradi, chunki H2O molekulalari mikroto‘lqinli nurlanishdan tez isiydi.

    Foto: Elle

    Foto: Elle

    Bundan tashqari, mikroto‘lqinli pechda ishlov berish ba’zi oziq-ovqatlarda zararli birikmalar hosil bo‘lishini kamaytirishi mumkin. Tadqiqotga ko‘ra, mikroto‘lqinli pechda tovuq go‘shti boshqa pishirish usullari bilan solishtirganda minimal nitrozamin (yog‘li ovqatlardagi nitritlar qizdirilganda hosil bo‘ladigan birikma) ishlab chiqargan — mikroto‘lqinli pechda qovurilgandan ko‘ra kamroq kanserogenlar hosil bo‘ladi.

    Mikroto‘lqinli pechda ovqatni qanday isitish/pishirish kerak?

    Mikroto‘lqinli pechga plastik idishlarni qo‘yganda, ba'zi plastmassalarda gormonlarni yo‘q qiladigan moddalar mavjudligini yodda tuting. Bunga yaqqol misol — qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolardan tortib to semirishgacha bo‘lgan turli xil kasalliklarga sabab bo‘luvchi bisfenol-A moddasi.

    Yodingizda bo‘lsin: agar u foydalanish uchun xavfsiz deb belgilanmagan bo‘lsa, hech qachon plastik idishni mikroto‘lqinli pechga qo‘ymang. Mikroto‘lqinli pechlar uchun issiqlikka bardoshli plastik yoki qalin shisha idishlardan foydalaning va hech qachon metall idish ishlatmang.

    Foto: Elle

    Foto: Elle

    Albatta, mikroto‘lqinli pechlarning kamchiliklari ham bor. Misol uchun, ular oziq-ovqat zaharlanishiga olib keladigan bakteriyalar va boshqa patogenlarni o‘ldirishda unchalik samarali emas. Bundan tashqari, suyuqlikni qizdirishda ehtiyot bo‘lish va tuxum kabi yorilishi mumkin bo‘lgan taomlarni pechga qo‘ymaslik kerak.

    Umuman olganda, mikroto‘lqinli pechlardan foydalanish hayotga kamchiliklardan ko‘ra ko‘proq qulayliklar keltiradi, ammo agar sog‘lom turmush tarzi haqida jiddiy tashvishlansangiz, mikroto‘lqinli pechdan foydalanish yoki foydalanmaslik shaxsiy tanlovingizga bog‘liq.

    Mavzuga doir:

    • Uydagi aslida tez-tez almashtirilishi kerak bo‘lgan, ammo ko‘pchilik uzoq vaqt foydalanadigan 9 ta buyum
    • Bor-yo‘g‘i 5 daqiqa kifoya: Mikroto‘lqinli pechda tayyorlanadigan 4 xil nonushta retsepti
    • Ilk modeli narxi 30 ming dollardan oshgan, og‘irligi 340 kg bo‘lgan. Mikroto‘lqinli pech haqida nimalarni bilamiz?

    26.05.2022, 09:49   Izoh (0)   15729
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uyni changdan qanday qilib to‘g‘ri tozalash bo‘yicha 6 ta layfxak

    22.05.2022, 13:36

    Oshxonadagi idish-tovoqlarga zarar yetkazadigan xatoliklar

    19.05.2022, 22:22

    Uydagi aslida tez-tez almashtirilishi kerak bo‘lgan, ammo ko‘pchilik uzoq vaqt foydalanadigan 9 ta buyum

    19.05.2022, 12:44

    Eskirgan gubkalardan yana qanday maqsadda foydalanish mumkin?

    16.05.2022, 15:55

    Uydagi chumolilardan qanday qilib butunlay qutulish mumkin?

    10.05.2022, 16:31

    Uyni tozalashda vaqtni tejashga yordam beradigan 9 ta layfxak

    09.05.2022, 15:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ayoli va otasini tuproqqa qo‘ygan, taqiqlarga uchragan “Xorazm bulbuli” Og‘abek Sobirov 53 yoshda

    Madaniyat | 26 iyun, 12:59

    “Manchester Siti” futbolchisi 2-3 haftaga safdan chiqdi

    Sport | 26 iyun, 12:40

    O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish bo‘yicha hech qanday yakuniy qaror qabul qilinmagan — Pensiya jamg‘armasi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 12:38

    Tramp NATOning mudofaa xarajatini oshirishini “katta g‘alaba” deb atadi

    Dunyo | 26 iyun, 12:26

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga boradi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 12:21

    Antikorrupsiya agentligi Qashqadaryo maktablariga ko‘mir yetkazish bo‘yicha o‘tkazilgan tenderni noqonuniy deb topgandi. Ammo boshqarma o‘z bilganidan qolmayapti

    O‘zbekiston | 26 iyun, 12:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.