• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bitiruvchilar madhiyasi — “Xayr maktabim” 22 yoshda: Qo‘shiq qanday yaratilgani hamda unga nima sababdan kamxarj klip olingani haqida (video)

    “Setora” guruhi va Ravshan Sobirov tomonidan ijro etilgan “Xayr maktabim” qo‘shig‘i o‘zbek maktab bitiruvchilarining madhiyasiga aylangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yil mazkur qo‘shiqning ijro etilganiga 22 yil bo‘ladi. O‘tgan vaqt mobaynida bu qo‘shiqni tinglab, ijro etib qanchadan-qancha o‘quvchilar maktabni tamomladi. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova qo‘shiq bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni olish maqsadida uning ijodkorlari bilan suhbatlashdi.

    Qo‘shiq g‘oyasi kimga tegishli?

    Foto: Instagram / @feruza_latipova

    Foto: Instagram / @feruza_latipova

    2000-yili “Tarona Records” studiyasining asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev bastakor Husan Sodiqovga maktab bitiruvchilariga bag‘ishlab qo‘shiq yaratish taklifini beradi. Xonanda Ravshan Sobirovning amakisi Husan Sodiqov o‘sha paytda jiyani bilan birga respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan gastrol safarlari bilan band edi. U ijodiy safar chog‘ida qo‘shiqning ilk variantini yaratadi. Uni yaratishda Ravshan Sobirovning safardagi sozandasi Odiljon Mahmudov sintezatorda dastlabki musiqiy bezakni chalib bergan. Husan Sodiqov musiqa professional bo‘lishi uchun uni “Bolalar” guruhi musiqiy bezakchisi Vagif Zokirovga yuborgan. U qisqa vaqtda gitara solasini qo‘shib, Husan Sodiqovga tayyor musiqani ko‘rsatgan.

    Klipni Bahodir Yo‘ldoshev suratga olgan

    Foto: Instagram / @ravshansobirov

    Foto: Instagram / @ravshansobirov

    Hozirda Rossiyada yashaydigan hamda rus estradasida yaxshi klipmeyker sifatida tanilgan Bahodir Yo‘ldoshev ilgari “Tarona Records”ning doimiy hamkorlaridan biri bo‘lgan. Ravshan Yo‘ldoshev “Xayr maktabim” klipini suratga olishni unga topshiradi. Klip poytaxtdagi 145-maktabda ikki kun davomida suratga olingan. Qo‘shiq ijrochilarining ta’kidlashicha, ular klip ssenariysini yozishga ham ulgurishmagan. “Setora” guruhi qizlarining maktab liboslarini Ravshan Yo‘ldoshevning ayoli (xonanda Lolaning onasi) Gulnora Yo‘ldosheva topishga ko‘maklashgan. Qo‘shiq va klip ilk marta 2000-yilning 25-may kuni omma e’tiboriga havola etilgan.

    Foto: Instagram / @feruza_latipova

    Foto: Instagram / @feruza_latipova

    “Setora” guruhining vakili Kamila Xo‘jayeva “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ining yaratilishini quyidagicha eslaydi.

    —Biz “Tarona Records”ning topshirig‘iga ko‘ra “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini ijro etganmiz. Rosti, u paytda qo‘shiq bu qadar ommalashib ketishini kutmagandik. Chunki klip uchun deyarli mablag‘ sarflanmagan, qo‘shiq ham shoshilinchda yozilgan. Klip olinadigan kuni sujet qanday bo‘lishini ham bilmasdik. Faqat bizda “Hammasi tabiiy bo‘lsin, uni ko‘rganlar maktab xotiralarini eslashsin”, degan niyat bo‘lgan xolos, — deydi Kamila Xo‘jayeva.

    Foto: Husan Sodiqov arxividan

    Foto: Husan Sodiqov arxividan

    — 2000-yili Ravshan Sobirov ketma-ket xit qo‘shiqlarni ijro etib, xalq og‘ziga tushayotgan ijodkor edi. Uning qo‘shiqlarini men yozib berardim. “Tarona Records” asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev hamkorlikda ishlashni taklif etdi. “Setora” guruhi uning ilk prodyuserlik loyihasi edi. Bir kuni Ravshan aka bitiruvchilarga bag‘ishlab qo‘shiq yozishimni so‘radi. Musiqasini yozgach, shoir Bobur Bobomurod bilan bog‘landim. Ko‘p o‘tmay u she’r yozib jo‘natdi. She’r yaxshi edi, ammo to‘liq adabiy qoidalar asosida yozilgani uchun so‘zlar musiqa bilan uyg‘unlashmadi. Musiqa bor she’r yo‘q, deb o‘tirganimda xayolimga “25-may bahorning so‘nggi kuni bo‘ladi va shu kun bolalik ham tugaydi”, degan fikr keldi.Bahorning so‘nggi kunlari Tugar bolalik chog‘lari Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq Xayr maktabim, xayr do‘stlarim, sho‘xligim.Mana shu misralarni yozgach, qolganini ham musiqaga moslab o‘zim yozishim kerak, degan qarorga keldim.

    Foto: Instagram / @feruza_latipova

    Foto: Instagram / @feruza_latipova

    Ravshan Sobirov va “Setora” guruhining duet kuylashi shunchaki tasodif bo‘lmagan. Bunga guruh prodyuseri Ravshan Yo‘ldoshev bilan kelishuvimiz sabab bo‘lgan. U paytlarda radiolar uncha ko‘p bo‘lmasdi. Klip ham birgina “30 kanal”da premyera qilingan. Ammo tezda odamlarning og‘ziga tushib, bitiruvchilar madhiyasiga aylangan, — deydi Husan Sodiqov.

    Xonanda Ravshan Sobirov “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i bitiruvchilar uchun o‘tkaziladigan konsert oldidan shoshilinchda yozilganini quyidagicha eslaydi.

    — Ravshan Yo‘ldoshev “Turkiston” san’at saroyida “Setora” guruhi bilan konsert berishimizni so‘ragandi. Faqat konsert oldi shu mavzuda biror qo‘shiq yaratishni taklif qildi. “Qo‘shiq sizlardan, klip xarajati esa mendan”, dedi. 24—25-may kunlari konsert, ammo gastrol konsertlaridan bo‘shamay yurgan kezlarimiz edi. Samarqanddagi konsertdan charchab qaytgach Odil akaning uyida qo‘shiq g‘oyasi paydo bo‘lgan. Ba’zilar qo‘shiq sho‘x, yoshlarbop bo‘lishi kerakligini aytganida Husan Sodiqov “Bitiruvchilar bu quvonchli kunda yig‘lashadi, demak musiqa ham shunga hamohang bo‘lishi kerak”, degandi.  “Turkiston”dagi konsert kutilganidan ham a’lo o‘tdi, qo‘l telefonlar yo‘q bo‘lsa-da, tinglovchilar radiolarga qo‘ng‘iroq qilib qayta-qayta shu qo‘shiqni so‘rashardi, — deydi xonanda Ravshan Sobirov.

    2015-yili guruh vakili Leyla Ravshan Sobirov bilan “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini qaytadan ijro etdi. Yangi ijroni guruhning boshqa vakillari qanday qabul qilishdi? Bu savolga xonanda Kamila Xo‘jayeva quyidagicha javob berdi.

    Foto: Instagram / @ravshansobirov

    Foto: Instagram / @ravshansobirov

    — 2015-yili Shveysariyada edim, guruhdan faqat Leyla Toshkentda edi. Shu bois u Ravshan Sobirovning taklifini rad etmadi. Feruza ham qo‘shiq qaytadan kuylanishiga qarshi bo‘lmadi. Qo‘shiq bitiruvchilar madhiyasi u qayta va qayta yangi versiyada ijro etilaveradi. Bundan faqat xursand bo‘lamiz, — deydi xonanda Kamila Xo‘jayeva.

    Maktab va so‘nggi qo‘ng‘iroq mavzusidagi boshqa qo‘shiqlar

    “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini bitiruvchilar madhiyasi deb hisoblasak ham undan avval ijro etilgan “Ey sinfdosh” taronasi ham mashhurlikda undan qolishmaydi. Mazkur taronani 31 yil avval andijonlik bitiruvchi yigit ustozlari va sinfdosh do‘stlariga bag‘ishlab ijro etgan. Qo‘shiqning so‘zi va musiqasi ham ijrochining o‘ziga tegishli. Keyinchalik u Janob Mirzo taxallusi bilan ijod qilgan. Ammo “Ey sinfdosh” qo‘shig‘ini Janob Mirzodan so‘ng ko‘plab ijodkorlar ham qayta kuylagan.

    Janob Mirzo “Ey sinfdosh” 

    Sirdaryolik xonanda Asatillo Xoliqov 1998-yili “So‘nggi qo‘ng‘iroq” nomli qo‘shiqni ijro etgan. U paytlarda ijtimoiy tarmoqlar rivojlanmagan bo‘lsa-da, qo‘shiq qisqa vaqtda omma e’tiboriga tushgan. Xonanda mazkur qo‘shiqning she’rini navoiylik shoir Murod Mengliboyevning kitobidan olgan. So‘ng bastakor Alisher Ikromovga musiqa bastalatgan. Qo‘shiq o‘sha yili o‘tkazilgan “O‘zbekiston — vatanim mani”  qo‘shiqlar tanlovida g‘olib bo‘lgan.

    Asatillo Xoliqov — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” 

    Quyida san’at ixlosmandlari tomonidan yaxshi qarshi olingan maktab va sinfdoshlar mavzusidagi boshqa qo‘shiqlar ham keltiriladi.

    Xurshid Rasulov “Sinfdosh” 

    Lola — “Maktab” 

    Shuhrat Daryo — “Sinfdosh qiz” 

    Jahongir Otajonov — “Sinfdosh qiz” 

    Hamdam Sobirov —  “Maktabimda”

    Otabek Mutalxo‘jayev — “Xayr, maktabim”

    Nilufar Usmonova —  “Maktab”

    Sharof Muqimov — “Xayr, maktabim”

    Mavzuga doir:

    • 25-may, Toshkent, “Xalqlar do‘stligi”. Bitiruvchilarni o‘zbek estradasi yulduzlari va MakSim qutladi (foto)
    • Sobiq “Setora” guruhi xonandalari Ravshan Yo‘ldoshev haqida: Sizni quchoqlab, hammasi uchun rahmat aytishga ulgurmadik
    • 15 yillik tanaffusdan so‘ng “Setora” guruhi “Million”ning konsertida to‘liq tarkibda sahnaga chiqdi (foto)
     

    25.05.2022, 12:07   Izoh (0)   89273
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kann kinofestivali—2022: mashhurlarning tarixga muhrlangan eng yaxshi obrazlari (foto)

    24.05.2022, 21:44

    Britaniyalik pop-qirolichasi Adel qanday qilib grechka yordamida 40 kiloga ozgan?

    24.05.2022, 16:37

    Manzura hayotiga qilingan suiqasd, qo‘lini so‘ragan hamkasbiga rad javobi bergani va eng qimmat kliplari haqida (video)

    24.05.2022, 12:42

    Kollejdan haydalgan, bosh rol uchun 4 oy navbatchilik qilgan: Salmon Xon kinodagi karyerasini qanday boshlagan?

    23.05.2022, 20:44

    Foto: Gollivud aktrisasi Emma Stounning 4,2 million dollarlik uyiga sayohat

    23.05.2022, 17:50

    O‘zbek shou-biznesi vakillarining o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan aka-uka va opa-singillari (foto)

    23.05.2022, 15:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.