“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Million” jamoasining konsert dasturi boshlandi. “Million” jamoasi aprel oyining dastlabki o‘n kunligida san’at saroyida mezbonlik qiladi. Jurnalist Feruz Muhammad konsert dasturining ilk kunida mehmon bo‘ldi.

Foto: “Daryo”

Konsert dasturida Davron Qobulov “Million” jamoasining konsert dasturida mehmon san’atkor sifatida kimni olib kelish haqida uzoq o‘yladik, 1,5—2 yillik muzokaralardan so‘ng afsonaviy “Setora” guruhini to‘liq tarkibda sahnaga chiqishga ko‘ndirdik”, — deya “Setora” guruhini sahnaga taklif etdi.

Foto: “Daryo”

Muxlislar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olingan “Setora” guruhi o‘zining eng xit taronalarini kuylab dasturga o‘zgacha fayz berdi.

Davron Qobulovning ma’lumotiga qaraganda, “Setora” guruhining a’zosi Feruza Latipova “Million” jamoasining konserti uchun AQShdan yetib kelgan.

Foto: “Daryo”

“Setora” guruhi konsert dasturida jami bo‘lib ikki bor chiqish qildi. Birinchi chiqishda eng xit qo‘shiqlaridan parchalar kuylangan bo‘lsa, ikkinchi chiqish dastur so‘nggida bo‘lib, ular xonanda Ravshan Sobirov bilan “Xayr maktabim” qo‘shig‘ini kuyladi.