• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Diktator hali tirik. Hurlik uchun kurash davom etmoqda. Dunyoga yangi Chaplin kerak”. Vladimir Zelenskiyning Kann kinofestivalida so‘zlagan nutqi

    17-may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 75-Kann kinofestivalida videoaloqa orqali nutq so‘zladi. Ukrainadagi urushga bag‘ishlangan o‘n daqiqalik nutqda u Charli Chaplinning “Buyuk diktator” (The great dictator) hamda Frensis Ford Koppolaning  “Bugun Apokalipsis” (Apocalypse now) filmlaridan iqtiboslar keltirgan. Prezident, shuningdek, Roberto Benignining “Hayot go‘zal” (La vita è bella) va Kventin Tarantinoning “Manfur kimsalar” (Inglourious Basterds) filmlaridagi qahramonlarni esga olgan. “Daryo” Zelenskiyning ushbu nutqini o‘zbek tilida havola etadi.

    Vladimir Zelenskiy 75-Kann Kinofestivalida masofadan turib nutq so‘zlamoqda

    Vladimir Zelenskiy 75-Kann Kinofestivalida masofadan turib nutq so‘zlamoqda
    Foto: Getty Images

    Xonimlar va janoblar, do‘stlar!

    Qarshingizda nutq so‘zlash men uchun katta sharaf. Bundan behad mamnunman.

    Sizga bir voqeani aytib bermoqchiman. Darhaqiqat: “Bir voqeani aytib bermoqchiman”, — deyish bilan aslida bir nechta voqea boshlanadi. Lekin unda boshlanishdan ko‘ra yakun ancha muhimroq ahamiyatga ega. Bu yakun yechimsiz qolmaydi. Nihoyat, u yuz yildan ortiq davom etayotgan urushga nuqta qo‘yishi mumkin.

    Urush poyezdning kirib kelishi bilan boshlangan. Poyezddan qahramon va uning dushmani tushadi. Shunday qilib, ekranda keyinchalik hayotga ko‘chgan ziddiyat yuzaga keladi. Kino avvaliga hayotimizda paydo bo‘ldi, keyin esa hayotning o‘ziga aylandi. Shundan so‘ng u kelajagimiz qanday kechishini belgilab beradigan darajaga ham yetdi.

    Bugungi hikoyam aynan shu urush haqida bo‘ladi — urush va kelajak haqida.

    Ma’lumki, XX asrning eng qonxo‘r diktatorlari kinoni sevgan. Ammo ulardan qolgan esdaliklar ichida eng muhimi kinoxronikaning dahshatga soluvchi hujjatli kadrlari edi. Diktatorlarga qarshi isyon o‘laroq yaralgan filmlar ham shular jumlasiga kiradi.

    1939-yil 1-sentabrda Kann shahrida birinchi kinofestival boshlanishi kerak edi. Lekin Ikkinchi jahon urushi boshlanadi. Kino ham olti yil mobaynida butun insoniyat kabi shu urush o‘choqlarida qolib ketgan. U olti yil davomida hurlik uchun ham, diktatura uchun ham, afsuski, kurash olib borgan.

    Bugun kinoga qaytib, hurlikning qo‘li baland kela boshlaganiga guvoh bo‘lyapmiz. U diktatorlarning oxir oqibat insoniyat qalbini zabt etishiga yo‘l qo‘ymadi.

    Bu yo‘lda bir qancha muhim nuqtalar mavjud. Ammo eng ko‘zga ko‘ringani 1940-yilga taalluqli. O‘shanda dushmanga qarshi bosh ko‘targan, bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan, qahramonga ham o‘xshamaydigan yigitni butun dunyo ko‘radi. Lekin u chindan ham qahramon edi.

    Charli Chaplinning “Buyuk diktator”i o‘shanda haqiqiy diktatorni yo‘q qila olmagandi. Biroq uning sharofati bilan kino sukutni bas qilgan. Buni har qanday ma’noda tushunishingiz mumkin. Kino tilga kirgan va bu g‘alaba ostonasida turgan hurlikning ovozi edi.

    Mavzuga doir: “Uni masxaraboz deb bilishardi. Lekin u ritsar edi”. Charli Chaplin filmlarini qanday ko‘rish kerak?

    O‘shanda, 1940-yilda, shu so‘zlar yangragan:
    Inson nafrati so‘nadi, diktatura ham qulaydi, xalqdan tortib olingan hokimiyat yana xalqqa qaytadi. Odamlar o‘layotgan bir paytda hurlik hech qachon taslim bo‘lmaydi...
    O‘sha vaqtdan beri, Chaplin qahramonining so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab ajoyib filmlar yaraldi. Odamlarni bombapanohlarga emas, kino zallariga yig‘ib, ularni dahshat bilan emas, balki go‘zallik bilan zabt etish mumkinligini hamma tushunganday edi. Odamlar butun qit’ani qamrab oluvchi keng ko‘lamli urush ko‘rinishidagi horrorlar ortiq davom etmasligiga ishongandi.

    Biroq hali ham, o‘sha damlardagi kabi, diktator tirik. Hanuz, o‘sha damlardagi kabi, ozodlik uchun kurash davom etmoqda. O‘sha damlardagi kabi, hozir ham kino jim turmasligi kerak.

    2022-yil 24-fevral kuni Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshladi. So‘ngra Yevropaga qarab yurishni reja qilgandi. Xo‘sh, bu qanday urush? Savolga imkon qadar aniq javob bermoqchiman. Avvalgi qit’a urushidan keyin kinoda aytilgan so‘zlardan foydalangan holda.

    Siz bu so‘zlarning ko‘pidan allaqachon xabardorsiz. Quloqqa dahshatli eshitiladi. Ular ekranda edi. Lekin, afsuski, endi reallikka ko‘chdi.

    Yodingizdami? Bu filmda qanday yangraganini eslaysizmi?

    Sezyapsanmi? O‘g‘lim, bu napalm! Bu hidni boshqa hech nima bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Erta tonggi napalm isini yoqtiraman...
    Ha, bu erta tongda Ukrainada boshlandi. Soat to‘rtda birinchi raketa portlashi eshitilgandi. Havo hujumi boshlangandi. Chegara orqali Ukrainaga yopirilib kirgan ajal o‘zining qirg‘in quroliga fashistlar ramzining muqobili — Z belgisini tushirib olgandi.
    Ularning barchasi fashistlikda Gitlerdan ham o‘zib ketishni istaydi...
    Endi bu haftalar rus qo‘shinlari bosib o‘tgan yoki o‘tayotgan hududlarda qiynoqqa solingan yoki o‘ldirilgan odamlarning ommaviy qabrlarini topish bilan o‘tmoqda. Rossiya bostirib kirganidan beri shu vaqtgacha 229 bola halok bo‘ldi.
    Ularning qo‘lidan o‘ldirish, o‘ldirish va yana o‘ldirishdan boshqa hech narsa kelmaydi. Ular Yevropani jasadlar bilan to‘ldirdi...
    Rus harbiylari mo‘jazgina Bucha shahrida nima qilganini ko‘rdingiz, Mariupolni ko‘rdingiz, “Azovstal”ni ko‘rdingiz. Ruslar shahar teatrini portlatib yuborganini ko‘rdingiz. Darvoqe, u hozir siz turgan joyga o‘xshardi. Tinch aholi o‘qlar yomg‘iridan qochib, o‘sha yerga yashiringandi. Teatr yonidan o‘tgan yo‘l yuzasida ikkita katta va ko‘zga yaqqol tashlanib turgan “Bolalar” degan yozuv bor edi. Biz buni hech qachon unutmaymiz, chunki bu hatto do‘zaxga ham o‘xshamasdi.
    Urush bu jahannam emas. Urush — bu urush, do‘zax — bu do‘zax. Lekin urush ancha dahshatliroq...
    Ukrainaga yog‘dirilgan rus raketalarining soni allaqachon 2000 dan oshdi. O‘nlab shaharlar yer bilan bitta bo‘ldi. Qishloqlarning kuli ko‘kka sovurildi. 500 mingdan ortiq ukrainaliklar Rossiyaga kuch bilan deportatsiya qilindi. O‘n minglab odamlar fashistlardan rang olib qurilgan rus lagerlarida saqlanmoqda. U yerda qancha mahbus o‘lim bilan olishib yotganini hech kim bilmaydi. Lekin bunga kim aybdor ekanligi hammaga ayon.
    Sovun sendagi kirlikni ketkaza oladi deb o‘ylaysanmi?
    Ketkaza olmaydi. Bu Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropada yuz bergan eng dahshatli urush bo‘ldi. Eng avvalo, Moskvada o‘tirgan bir odamning aybi bilan. Odamlar halok bo‘lmoqda. Achinarlisi, ular “Stop, olindi!” degan hayqiriqdan keyin tirilmaydi.

    Ammo biz hozir nimani eshityapmiz? Kino sukut saqlaydimi yoki tilga kiradimi?

    Modomiki, diktator bor ekan, hurlik uchun kurash davom etayotgan ekan va hanuz, o‘sha damlardagi kabi, hammasi bizning birdamligimizga bog‘liq bo‘lsa, unda kino shu birdamlikdan ayro qola oladimi?

    Shaharlarimiz virtual reallikda vayron bo‘lmadi. Ukrainaliklarning ko‘pi Guidoga aylandi (“Hayot go‘zal” filmi qahramoni nazarda tutilmoqda — “Daryo” izohi) va o‘z farzandlariga nima uchun yerto‘lada yashash kerakligini tushuntirishga harakat qilmoqda. Ko‘plab ukrainaliklar Aldo Reynga aylandi (“Manfur kimsalar” filmi qahramoni nazarda tutilmoqda — “Daryo” izohi). Ona yurtimiz minglab xandaqlardan tilka-tilka bo‘ldi.

    Albatta, biz jang qilishda davom etamiz. Bizda ozodlik uchun kurashishdan boshqa chora yo‘q. Mening esa ishonchim komil: diktator taslim bo‘ladi.

    Biroq 1940-yildagi kabi so‘zlar yangrashi kerak. Ozod dunyoning barcha ekranlaridan yangrashi zarur. Biz yangi Chaplinga muhtojmiz, kino ortiq jim turmasligini yana bir bor isbotlasin.

    O‘shanda u nimalar deganini eslang:

    Ochko‘zlik inson ruhini zaharladi, dunyoni nafrat bilan to‘ldirdi, bizni baloga va qon to‘kilishiga giriftor qildi.

    Shiddatimiz oshdi, lekin o‘z qobig‘imizga qamalib qoldik. Bizga farovonlik bergan texnologiya bizni qashshoqlik domiga uloqtirdi.

    Bilim bizdagi nomusni olib qo‘ydi. Bizdagi ratsionallik og‘ir va beshafqatdir.

    Biz haddan tashqari o‘ychan va haddan tashqari hissizmiz. Bizga mashinalardan ko‘ra ko‘proq insoniylik zarur. Aqldan ko‘ra ko‘proq mehr darkor...

    Meni eshitayotganlarga aytarim: umidsizlikka tushmang... Inson nafrati so‘nadi, diktatura esa qulaydi.

    Biz oxir oqibat bu urushda g‘alaba qozonishga burchlimiz va bizga aynan shunday yakunni taqdim etadigan film zarur. Har bir ovoz hurlikni qo‘llasin. Eng avvalo, har dam qo‘llagani kabi, kino ovozi.

    Barchangizdan minnatdorman!

    Yashasin Ukraina!

    20.05.2022, 14:34   Izoh (0)   23540
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Sistit — bu uyat emas!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.