• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda o‘qituvchisini haqorat qilgan o‘quvchi kaltaklandi

    Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi 13-umumta’lim maktabining rus tili fani o‘qituvchisi ushbu muassasaning 10-sinf o‘quvchisi Asadbek Rustamovni kaltaklagani haqida xabar tarqaldi. Voqea tafsilotini o‘rgangan “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashganlarning aytishicha, bunga o‘quvchining o‘qituvchiga nojoiz so‘z aytgani sabab bo‘lgan.

    Asadbek Rustamovning aytishicha, o‘qituvchi uni maktab binosining yo‘lagida turgani uchun ichkariga kirishini so‘ragan. Asadbek nojo‘ya so‘z aytgani uchun shapaloq tortgan. Keyin do‘pposlagan.

    Asadbek Rustamov.

    Asadbek Rustamov.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “O‘sha kuni birinchi va ikkinchi soatdagi darslar tugagach, tanaffusga chiqqandik. Meni urgan domla 11-sinf o‘quvchilarining rahbari edi. Xonamiz 11-sinf bilan birin-ketin joylashgan. Xonadan chiqib sinfdoshlarimni chaqirish uchun ‘koridor’da turgandim. Shu payt domla ikki o‘quvchisi bilan birga chiqib qoldi va mendan uning o‘quvchilarida ishim bor yoki yo‘qligini so‘radi. Yo‘q, deganimdan so‘ng unda xonangga yo‘qol, nima qilib turibsan, dedi. Hozir tanaffus payti ekanligini aytsam ham xonamga kirishimni aytib baqirdi. Kirayotib o‘zim ma’nosini tushunmaydigan yomon so‘z bilan so‘kib yuboribman. Shu payt domla yana chaqirganini eshitib, orqamga qarashim bilan yuzimga bir shapaloq urdi. Jahlim chiqib, nega meni uryapsiz, bunga sizning haqqingiz yo‘q. Yuring, ‘zamdirektor’ning oldiga chiqamiz”, — dedim.

    O‘qituvchi esa sen yana menga gap qaytaryapsanmi, deb ko‘zimga musht tushirdi. Ro‘za tutgan edim, ko‘z oldim qorong‘ilashib ketdi. Lekin hushimda edim. Burnim ham qonadi. Bo‘ldi, domla urmang, ‘zamdirektor’ning oldiga chiqaylik, dedim. Oldinga qarab yurib ketayotganimda meni orqaga sudradi. Keyin xoliroq joyga olib kirib, yana urdi. Qolganini eslolmayman. Uch kundan buyon qon to‘xtamayapti. Shifokorlarning aytishicha, ichki qon tomir yorilib ketgan ekan”,— deydi Asadbek Rustamov.

    Asadbekning aytishicha, maktab direktori uni o‘qituvchilar bilan birga tuman markaziy poliklinikasiga olib borgan. Yo‘lda ketayotganida unga shifokorlarga “tosh tegdi yoki yiqilib tushdim” deyishini kerakligini aytib, bo‘lgan holatni aytmaslikni so‘ragan.

    “Bu domla bizga bir yildan buyon darsga kiradi. Avval hecham sen-menga bormaganmiz. Muomalamiz yaxshi edi. O‘sha kungi birgina so‘zni deb shu ishlar bo‘ldi. Meni domlaga qo‘l ko‘tarmaganman. Domlaning urayotganini ko‘rgan 11-sinf o‘quvchilari ham ajratmagan. Indamay darsiga kirib ketdi. Men bazo‘r ‘zamdirektor’ning xonasiga kirib oldim. O‘sha paytda ‘zamdirektor’ ham qo‘rqib ketib, direktorni chaqirdi. Avval menga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishlarini so‘radim. Hamshira ham ko‘zimga nam ro‘molcha bosdi xolos. Hattoki birinchi yordam ko‘rsatishga ham hech narsasi yo‘q ekan. Shunda o‘qituvchi sog‘mi, nosog‘lommi? Nega o‘quvchini o‘zidan o‘zi urib ketaveradi? Nega bunchalik asabiy, tibbiy daftarchasini beringlar, dedim. Direktorimiz ham yigitchilikda shunaqa bo‘lib turishini, hovliqmasligimni, o‘zlari gaplashib olishlarini aytdi.

    Direktorimiz meni poliklinikaga olib borib, o‘zining tanishlari orqali tekshirtirib, yaxshi ekan, degan javobni oldi. O‘sha yerda meni bir vrach ko‘rib qolib, tekshirgan boshqa shifokorlardan jahli chiqib, hammang qamalib ketasan, dedi. O‘zi esa ko‘zimni tekshirib ko‘rib, ichiga qon to‘lib qolganini ko‘rdi va zudlik bilan shoshilinch bo‘limiga olib chiqishlarini aytdi. Direktorimiz esa yo‘l bo‘yi menga shifokorlarga tosh tegdi yoki yiqilib tushdim, deyishim kerakligini uqtirib keldi. Mana anchadan buyon shifoxonadaman”, — deydi Asadbek Rustamov.

    O‘quvchining onasi Ra’noxon Ahmedovaning ta’kidlashicha, farzandi o‘qituvchi boshqa o‘quvchilar oldida urgani uchun ruhan tushkunlikka tushib qolgan. Shu sababli endi yashagisi kelmayotganini aytib qo‘rqitmoqda.

    Ra’noxon Ahmedova.

    Ra’noxon Ahmedova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    “O‘sha kuni soat 12 larda telefonim jiringladi. Ko‘tarsam, 13-maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilafro‘z ustoz ekan. Avval xotirjamlik bilan hol-ahvolimni, so‘ng turmush o‘rtog‘im uyda yoki uyda emasligini so‘radi. Tinchlikmi, nima bo‘ldi, deb xavotirlana boshladim. Butun xayolim o‘g‘limga ketdi. Ro‘za og‘iz edi, biror kor-hol bo‘lmadimikin deb o‘yladim. Shunda u ayol turmush o‘rtog‘ingiz shoshilinchga kelib keta oladimi, dedi. O‘zimni qo‘yarga joy topolmay qoldim. Qayta-qayta nima bo‘lganini so‘rayverdim. O‘rinbosar o‘g‘lingiz yaxshi, mana ovozini eshiting, deb telefonni o‘g‘limga berdi. O‘g‘lim yaxshi ekanligini, xavotirlanmay kelaverishimni aytgach, erim bilan birga shifoxonaga bordik.

    Borsam, o‘g‘lim bir ahvolda. Yig‘ladim, yupandim, yana yig‘ladim. Chunki bolamni ertalab sog‘lom holatda maktabga jo‘natgandim. O‘qituvchisi ‘koridor’da turgani uchun shu darajada urib mana shu holga keltirgan. Bolani o‘zicha urish, ‘samosud’ qilish noto‘g‘ri edi. Agar aybi bo‘lsa, sinf rahbarini yoki direktor o‘rinbosarini, u ham bo‘lmasa, direktorning oldiga olib kirsa bo‘lardi. Bolamni ikkita 11-sinf o‘quvchisi oldida urgan, shundanmi u ruhan tushkunlikka tushib qolgan. Meni qo‘rqitadigan gaplar aytyapti. Bekordan bekor oshnalarimni oldida urdi, endi yashagim kelmay qolyapti, deydi. Endi nima qilishni ham bilmayapman. Axir u o‘smir bo‘lsa. Hozir hatto bir o‘zini yolg‘iz qoldirishga ham qo‘rqib qoldim. Ichki ishlarga shifoxonadagi do‘xtirlar xabar berishibdi. Turmush o‘rtog‘imga ariza yozib berishi kerakligini aytishibdi, ular yozib berdi. O‘g‘limni urgan domla bilan ham gaplashdim. Turmush o‘rtog‘imdan uzr so‘rabdi, lekin farzandingiz gap qaytargandan keyin uraman-da, degandek gapiribdi”,— deydi Ra’noxon Ahmedova.

    O‘quvchining otasi Muhammadjon Ergashev tuman xalq ta’limi bo‘limiga murojaat qilgan. Ular o‘qituvchiga hayfsan berish bilan kifoyalanishini aytgan xolos. O‘qituvchi esa o‘quvchini urishga haqqi borligini aytgan.

    “Hozir tuman xalq ta’limi bo‘limiga borgan edim. Qonuniy chora ko‘radigan bo‘lsak, uning oyligidan 20-30 foiz ushlab qolishimiz mumkin. Bizning qo‘limizdan keladigani shu, deyishdi. Shundan keyin ichki ishlarga bu holat bo‘yicha qonuniy chora ko‘rishlarini so‘rab ariza yozib berdim. O‘g‘limni urgan domla bilan gaplashganimda, urishga mening haqqim bor, deb turibdi. Aslida umuman haqqi yo‘q-ku”, — deydi Muhammadjon Ergashev.

    “Daryo” muxbiri o‘quvchini urgan o‘qituvchi, maktab direktori va o‘rinbosari bilan holat bo‘yicha gaplashishga uringan. Ammo direktor o‘quvchining otasi bilan xalq ta’limi bo‘limiga ketgan, o‘qituvchi esa yosh kadr ekanligini, butun respublikada gap so‘z bo‘lishini istamasligini aytib, savollarga javob berishdan bosh tortgan.

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, holat tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan maktabning pedagogik jamoasi ishtirokida o‘rganib chiqilgan. O‘rganish yakunlari bo‘yicha o‘qituvchiga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-qismi (o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima) bilan oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan. Bundan tashqari, maktabning ichki tartib qoidalariga rioya etishi bo‘yicha qat’iy ogohlantirilgan.

    19.05.2022, 23:41   Izoh (0)   47181
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda bug‘doy o‘rniga qum ortib, fuqarodan 38,5 mln so‘m olgan shaxslar ushlandi

    19.05.2022, 23:26

    O‘zbekistonda 2021-yilda qancha talaba o‘qishni bitirgani ma’lum qilindi

    19.05.2022, 23:11

    Samarqandda fuqaroga suvli yer maydonini tanishlari orqali 25 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    19.05.2022, 22:58

    Farg‘onada Spark va Nexia-3 to‘qnashuvida haydovchilardan biri halok bo‘ldi

    19.05.2022, 22:46

    O‘zbekiston GSP+ a’zoligidan aynan qanday foyda ko‘radi? — mutaxassis fikri

    19.05.2022, 22:10

    Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga noyob metallar qazib olish hajmini oshirish topshirig‘ini berdi

    19.05.2022, 22:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.