Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Amur viloyatida salomatligi yomonlashgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga asli Qoraqalpog‘istondan bo‘lgan fuqaro E.E. salomatligi yomonlashgani va moliyaviy qiyin ahvolda qolib vatanga qaytib ketolmayotganini aytib, murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro joriy yil fevral oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Amur viloyatiga ishlash uchun kelgan. Ish jarayonida sog‘lig‘ida muammolar yuzaga kelgan va Svobodniy shahar shifoxonasida davolanib chiqqan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi va O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida E.E. vatanga qaytarilgan.

Avvalroq Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani, Rossiyada ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo‘yilgan o‘zbekistonliklarning hujjatlari qaytarilgani, Novosibirskda voyaga yetmagan farzandi bilan qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga olib kelingani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Shou-biznes
Yillar davomida tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan Gollivud aktyorlari (foto)