Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Novosibirsk shahrida voyaga yetmagan farzandi bilan qiyin ahvolda qolgan ayol yordam ko‘rsatildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, farzandi bilan yolg‘iz qolib ketgan fuqaro Sh.G. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston bosh konsulxonasi hamkorligida 22-aprel kuni vatanga qaytarilgan.

Shuningdek, Sankt-Peterburg shahriga ishlash uchun borib, og‘ir yuk ko‘targani sabab sog‘ligi yomonlashgan fuqaro Q.Z.ning ham vatanga qaytishiga yordam ko‘rsatilgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u ish joyida og‘ir yuk ko‘targan va operatsiya bo‘lgani sabab ahvoli yomonlashgan, hatto yurishda ham muammoga duch kelgan. Shifokorlar unga o‘z vataniga qaytib, davolanishni maslahat bergan.

Bundan avval Sankt-Peterburg va Vladivostokda qiyin ahvolga tushib qolgan yosh bolali yana ikki ayol O‘zbekistonga qaytarilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Markaziy Osiyo
Tojikistondagi zilzila oqibatida 3 kishi jabrlandi, 60 dan ortiq chorva mollari nobud bo‘ldi
Maslahatlar
O‘zingizni qiynamasdan to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rgatadigan 9 ta layfxak
Kino
Har gal ko‘rganingizda qalbni jumbishga soladigan hayajonli va ta’sirchan kino sahnalari