2022-yilning yanvar—aprel oylarida O‘zbekistonning iqtisodiy holati ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Sanoat ishlab chiqarishi yil boshidan beri 5,9 foizga oshdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 6,6 foiz bo‘lgan edi.
Iste’mol narxlari indeksi aprel oyiga nisbatan 1,5 foizga o‘sgan. 2021-yilning may oyida ham xuddi shunday 1,5 foiz bo‘lgan edi.
Chakana savdo tovar aylanmasi yil boshidan beri 10,6 foizga ko‘tarildi. 2021-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 8,4 foizga oshgan edi.
Qurilish ishlarida 6,9 foizlik o‘sish qayd etilgan bo‘lsa, chakana savdo tovar aylanmasi 10,6 foizga oshdi.
2022-yilning yanvar—aprel oylarida bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’atida 17,2 foiz bo‘ldi. Korxona va tashkilotlar soni 1-may holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mingga ko‘payib 548 ming donaga yetgan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport yil boshidan beri roppa-rosa ikki barobarga o‘sgan. Importda esa 41 foizlik o‘sish qayd etilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda mart oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)