O‘zbekistonlik mutaxassislar Afg‘oniston Mozori Sharifidagi aeroportni qayta tiklash ishlarini yakunlamoqda.
Bu haqda seshanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi direktori Doniyor Qurbonov “Valday” xalqaro munozara klubining II Markaziy Osiyo konferensiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Qurbonov Toshkent Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy ko‘prik sifatida Afg‘onistonni qayta tiklash uchun katta ishlarni amalga oshirayotganini ta’kidladi.
Afg‘oniston importning 30 foizdan ortig‘ini O‘zbekistonning Termizdagi transport-logistika xabi orqali oladi. O‘zbekiston elektr energiyasi Kobulga yetkazib beriladi, — dedi u.Avvalroq O‘zbekiston mutaxassislari Afg‘oniston iltimosiga ko‘ra, Mozori Sharif xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilayotgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)