So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Mushtumzo‘r o‘qituvchilar bilan uzoqqa borolmaymiz”. Oliy Majlis deputati surxondaryolik zo‘ravon o‘qituvchini o‘qituvchilik qilish huquqidan mahrum qilishni taklif qilmoqda

    16.05.2022, 23:10 14536

    Oliy Majlis deputati Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi, yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi Shahnoza Xolmahamatova surxondaryolik zo‘ravon o‘qituvchi borasida fikr bildirib, “Mushtumzo‘r o‘qituvchilar bilan uzoqqa bora olmaymiz”, demoqda.

    Shahnoza Xolmahamatova.

    Shahnoza Xolmahamatova.
    Foto: Facebook
    O‘qituvchi bokschilardek ayamasdan o‘z o‘quvchisini do‘pposlagan. Axir jazolashning tajribada sinalgan, ilmiy isbotlangan ko‘plab usullari bor-ku. Bu haqda gapiraverib charchadik. Mazkur vaziyatda faqatgina o‘qituvchini ayblashdan yiroqman. Bu holat oldin ham takrorlanmaganiga hech kim kafolat berolmaydi. Zo‘ravon o‘qituvchi qatorida maktab ma’muriyatini ham birdek aybdor hisoblayman. Negaki o‘qituvchining bu kabi qiliqlariga o‘z vaqtida chora ko‘rganida bugungidek xunuk holat kuzatilmasdi. Yomon illat bir soatda yoki bir kunda shakllanib qolmaydi.

    Pedagog degan ulug‘ nomga dog‘ tushirayotgan bu kabi mushtumzo‘r o‘qituvchilarni o‘qituvchilik qilish imkoniyatidan va sharafidan mahrum qilish tarafdoriman. Bolani urib-tepib tahqirlayotgan bu akamizning ruhiy holatini ham obdon tekshirish va bu holatni chuqurroq o‘rganib, huquqiy baho berish lozim deb hisoblayman.

    Agar o‘qituvchi mahoratli va bilimli bo‘lsa, o‘quvchilarni urmasdan, tepmasdan, qo‘rqitmasdan ham o‘z faniga qiziqtira oladi. Biz ham o‘quvchi bo‘lganmiz. Buni yaxshi bilamiz. Bugungi shiddatli davrda farzandlarimizni vahshiyliklardan, zo‘ravonliklardan himoya qilib, ishonchini qozonib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirib, mehr va muhabbat ko‘rsatishda o‘rnak bo‘lolmasak, ularni ham, kelajakni ham yo‘qotamiz. Farzandlarimizni mantiqiy fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin ifodalashga o‘rgatish muhim bo‘lgan bir davrda kaltaklardan taniga ham, ruhiyatiga ham jarohat berib o‘zini ustoz deb yurgan ba’zi o‘qituvchilarimizga yuqoridagi holatdan xulosa qilishlarini so‘raymiz.

    Shahnoza Xolmahamatova

    Avvalroq Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida o‘qituvchi o‘quvchini ayovsiz kaltaklayotgani ko‘ringan video tarqaldi. “Daryo” so‘roviga javoban mazkur holatni izohlagan Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati zo‘ravon o‘qituvchi va maktab direktori tuman IIBga olib ketilganini ma’lum qildi. So‘ngra holatga Bosh prokuratura e’tibor qaratib, holat o‘rganilayotganini, holatga huquqiy baho berilishini, vaziyat viloyat prokuraturasi nazoratida ekanini bildirdi.

    Keyinroq esa zo‘ravon ingliz tili o‘qituvchisi bilan birgalikda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ham ishdan olingani xabar berildi. Xalq ta’limi vazirligi esa o‘qituvchining o‘quvchilarni kaltaklashini keskin qoralab munosabat bildirdi.

    “Daryo”ga o‘rganish xulosalari haqida ma’lumot bergan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi kaltaklangan o‘quvchi voqeasi ortidan direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek o‘quvchining sinf rahbari ham ishdan olinganini, maktab direktori  bo‘shash haqida ariza yozganini ma’lum qildi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?