• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda muhokama qilinadigan Qrim masalasi, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida suv muammosi, “ertaga tramvaychilar ish tashlarmish”. O‘zbek matbuoti 14-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” rukni orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 14-may, shanba

    Dastlab qishloq xo‘jaligidagi vaziyat haqida — Andijonning Marhamat tumani Qirg‘izistonning Aravani orqali keladigan suvdan ichadi, ammo “Aravan Buri rayoni qora ekinlarni sug‘organi holda, Marhamat rayoniga suv berishda to‘sqinchilik qilayotir”. “Hozirdanoq O‘rta Osiyo suv idoralari orasida bu masalani bir yoqli qilib bermasalar, Marhamat rayonining sug‘orishda qiynalishi turgan gap”, — deyiladi “Suv dastlab paxtaga. Rayonlar orasida suv taqsimoti tartibga solinsin” sarlavhali xabarda.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    Paxta va boshqa ekinlar ekib bo‘lingach, nafaqat suv, balki chigirtka ham asosiy mavzuga aylangan. Kattaqo‘rg‘on tumani 5-may kuni paxta ekishni tamomlagan, “biroq zararli hasharotlar va chigirtka bilan kurash ko‘ngildagidek emas”. Chigirtkaga qarshi kurashishi kerak bo‘lgan idora “mudiri Melshinkovdan chigirtka xavfi to‘g‘risida so‘ralganda, ‘Men bilmasam, sizlar bilasizlar’ deb, ishga opportunistlarcha qaramoqda”, — deyiladi “Qanotli dushmanning tuxumi qurisin” xabarida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    O‘zbekistonda pichan o‘rish kampaniyasi boshlangan, lekin “Konimex rayonida... pichan o‘rish stansiyasi pichanzorlarni o‘z ko‘zidan o‘tkazib, planni haqiqiy ravishda tuzish o‘rniga kabinetda turib ish qildi”. “Pichan kabinetda o‘rilmaydi” sarlavhali materialda tak’idlanishicha, “pichan o‘rish stansiyasi o‘zining boshqa ishlariga ham sovuq qarab kelmoqda”. Ma’lum bo‘lishicha, tumanga Toshkentdan 33 ta pichan o‘rish mashinasi yuborilgan, ammo bu mashinalar vaqtida kutib olinmagani bois Karmana stansiyasida qolib ketgan, endi bu mashinalarni temiryo‘l stansiyasidan “ajratib olish uchun 3 ming so‘m saqlash haqi to‘lash lozim”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” va “Uzbekistanskaya pravda” gazetalari fuqaro aeroplanlari (oddiy til bilan aytganda — samolyotlari) qurish uchun Grajdan havo floti bosh boshqarmasiga pul yig‘ib bergan. Endi shu bosh boshqarma rahbarining ma’lum qilishicha, “shu yil kuzidayoq Toshkentga gazetalar qoliplarini tashuv uchun ‘Qizil O‘zbekiston’ va ‘Uzbekistanskaya pravda’ nomida ikki aeroplan yuborilajak”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    Xorijda nima gap? Fransiyada rossiyalik muhojir tomonidan otib tashlangan prezident o‘rniga yangi prezident saylandi — mamlakatga endi Alber Lebren rahbarlik qiladi (u 1940-yil iyuliga qadar, gitlerchilar bilan kelishgan Vishi rejimi hokimiyat tepasiga kelguniga qadar Fransiya prezidenti bo‘lib qoladi).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    Yaponiya AQShga qarshi propagandani kuchaytirmoqda. Yapon harbiy jurnalisti Xirotaning yozishicha, “Shimoliy Amerika Qo‘shma Jumhuriyatlarining Osiyo eskadrasida 55 urush kemasi bo‘lib, ‘Hyuston’ kemasini hisobga olmaganda, nuqul eskirgan kemalardan iboratdir”. “1932-yili Uzoq Sharq suvlarida mutlaq ustunlik yapon flotiga tegishlidir. ShAQJ floti yapon floti bilan olishgan taqdirda yengilajak”, — deb yapon jurnalisti (o‘zini eplay olmay qolgan, o‘ziga o‘zi mahliyo bosqinchi davlatlarga xos nuqtai nazar, shunday emasmi?).

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”ning so‘nggi sahifasida “Muxbirlar joniga changal” sarlavhasi ostida “badriddinovchilar sudi”ning yangi tafsilotlari berilgan:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 14-may sonidan lavha

    60 yil avval. 14-may, dushanba

    1962-yil 14-may kuni O‘zbekistonda markaziy gazetalar chop etilmagan.

    30 yil avval. 14-may, payshanba

    15-may kuni Toshkentda MDH davlat va hukumat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuviga mezbonlik qiladi, shu munosabat bilan gazetalarda ushbu tadbirga bag‘ishlangan turli xabar va maqolalar berilgan. Toshkent siyosatshunoslik va boshqaruv instituti kafedra mudiri Qodir Olimovning “Toshkent oqshomi” gazetasida bosilgan “Toshkent ruhiga ishonamiz” sarlavhali maqolasida yozishicha, “hozir Tojikiston va Afg‘onistondagi vaziyat barchani tashvishlantirmoqda, bundan tashqari, Qrim va Tog‘li Qorabog‘ muammolarini yechishning ham vaqti keldi. Shuning uchun bu muammolar xususida amaliy muzokaralar bo‘lishi shubhasiz”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    Ayni vaqtda, so‘nggi xabarlarga qaraganda, “Tojikiston rahbariyati bilan oppozitsiya o‘rtasida siyosiy murosaga kelingan” (ammo bu kelishuv uzoq davom etmaydi — iyunda qurolli to‘qnashuvlar boshlanib, fuqarolar urushi 1997-yil yoziga qadar cho‘ziladi).

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    SSSR parchalanib, respublikalar mustaqillik e’lon qilgan bo‘lsa-da, armiya masalasida hali muammolar bor — ittifoq parchalangunicha armiyaga chaqirilganlarning bir qismi boshqa respublikalarda xizmatda qolib ketgan. “Xalq so‘zi”da e’lon qilingan materiallarga qaraganda, “o‘zbekistonlik ayrim askar bolalarning harbiy xizmat qismlarini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi” holatlari ko‘payib ketgan. Bunday holatlar “jumhuriyatning sha’ni va obro‘sini yerga urayotgani” ta’kidlangan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    Vazirlar Mahkamasi 1992-yilda O‘zbekistonda xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishni ko‘paytirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Nega birdan bu haqda bosh qotirib qolindi? Chunki 1992-yilning birinchi choragida “Rossiyadan muzlatgichlar, elektr chang yutgichlar, kir yuvish mashinalari, radiopriyomniklar, magnitofonlar, qiyma chiqaruvchi, tikuv mashinalari, mikserlar va boshqa buyumlar mutlaqo kelgani yo‘q... Ukrainadan bolalar velosipedlari va aravachalari, kiyim va triktoaj mahsulotlari, poyabzal, Qozog‘istondan mo‘ynadan tayyorlangan kiyim-kechak, kir yuvish mashinalari, sintetik poroshoklar va boshqa mahsulotlar ham birinchi kvartalda kelmadi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    Shu sababli yig‘ilishda O‘zbekiston korxonalari xalq iste’moli mollarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishi kerakligi ta’kidlangan, “axir O‘zbekiston elektron hisoblash mashinalaridan tortib to ulkan havo laynerlarigacha ishlab chiqarish qudratiga ega”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    Namangan va Toshkent viloyatlarida yuk mashinalari 6—7 yoshlardagi bolalarni urib ketgan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    Kogonda esa uy portlashi oqibatida bir oilaning to‘rt a’zosi — ota-ona hamda ularning 4 va 5 yoshlardagi ikki o‘g‘li yonib ketib, halok bo‘lgan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    Rossiyaning “Mayak” radiostansiyasi tomonidan tarqatilgan “Toshkent tramvay va trolleybus haydovchilari ish tashlamoqchi” degan mazmunda berilgan xabarga raddiya:

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    Jizzaxdagi Sovot qishlog‘ida yangi masjid qurilib foydalanishga topshirilgan, uning ochilishida, jumladan, Movaraunnahr musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham qatnashgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 14-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston mustaqilligini orzu qilgan Sharof Rashidov, Payariqdagi faqat rahbarlar uyi yoritiladigan qishloq, 10 ta bo‘ri bolasi. O‘zbek matbuoti 13-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Toshkentdagi AQSh elchixonasiga bostirib kirgan sobiq militsioner, chigirtkaga qarshi hayajonsiz kurash, masxaraboz Xrushchyov. O‘zbek matbuoti 12-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Sharof Rashidovga aylangan Lenin, o‘zini hokim deb atashni talab qilganlikda ayblangan prokuror, suvni qadrlash bo‘yicha Andijon tajribasi. O‘zbek matbuoti 11-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    14.05.2022, 07:30   Izoh (0)   25655
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.