Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainadagi voqealar munosabati bilan Yaponiya Rossiya, Donetsk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasidan (LXR) 141 kishiga, jumladan, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyev va tadbirkor Gennadiy Timchenkoning yaqinlari, shuningdek, Rossiyaning 71 kompaniyasiga qarshi yangi sanksiyalar kiritmoqda. Yangilangan sanksiyalar ro‘yxati Yaponiya tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilindi.

Foto: Eadaily

Foto: Eadaily
Dastlab, Rossiya, LXR va DXRdan 133 kishiga nisbatan sanksiya qo‘llangani xabar qilingandi. To‘liq ro‘yxatlarga ko‘ra, ularning umumiy soni 141 kishi — Rossiyadan sakkiz nafar, LXR va DXRdan 133 nafarni tashkil etmoqda.

LXR va DXR uchun ro‘yxatga respublikalar rahbariyati vakillari, jumladan Ruslan Dubovskiy ham kiritilgan. Yaponiyada ushbu shaxslarning aktivlari aniqlansa, muzlatiladi. Bundan tashqari, ushbu shaxslar bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan depozit yoki kredit shartnomalarini tuzish taqiqlanadi.

Shuningdek, Rossiyaning 71 kompaniyasi uchun tovarlar va operatsiyalarni eksport qilish taqiqlanadi. Ular orasida, xususan, “Almaz-Antey”, VNII “ETALON”, “Inteltex” va boshqalar bor. Bundan tashqari, ro‘yxatga “Taktik raketa qurollari” korporatsiyasi, shuningdek, aloqaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va texnik byurolari kiritilgan.

Shu kunga qadar Yaponiya Ukrainadagi urush munosabati bilan Rossiyaga qarshi bir necha sanksiyalar paketini kiritgan. Xususan, u Rossiyani eng qulay davlat savdo rejimidan chiqarib tashladi va Rossiyaga 300 dan ortiq tovarlar, jumladan yarimo‘tkazgichlar, radarlar, sensorlar, lazerlar va boshqa jihozlar, shuningdek, qimmatbaho avtomobillar va hashamatli tovarlarni eksport qilishni taqiqladi.

Shuningdek, Rossiyadan 38 turdagi tovarlar — shpon, taxta, avtomobil va mototsikllar, pivo, vino, aroq va boshqalarni olib kirishni taqiqladi. Bundan tashqari, Rossiyaning to‘qqizta yirik bankiga nisbatan sanksiyalar joriy etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi