Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 36-turida “Roma” 9-may, dushanba kuni “Fiorentina” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Florensiyada o‘tgan bahs mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Fiorentina” 5 va 11-daqiqalarda kiritilgan tezkor gollar evaziga yakunda 3 ochkolik bo‘ldi.

Uchrashuvda “Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov 90-daqiqada maydonga tushdi.

G‘alabadan keyin “Fiorentina” ochkolar bo‘yicha “Roma”ga yetib oldi, jamoalar 59 ochkodan jamg‘argan va musobaqa jadvalida mos ravishda 6 va 7-o‘rinlarni band etib turibdi.

A Seriya

36-tur bahsi

9-may, dushanba

“Fiorentina” – “Roma” 2:0

Gollar: 1:0 – 5, penalti Gonsales, 2:0 – 11 Bonaventura.

“Fiorentina”: Terrachchano, Venuti, Igor Julio, Milenkovich, Biragi (Terzich, 90), Bonaventura (Male, 76), Dankan, Amrabat, Ikone (Saponara, 90), Artur (Piontek, 76), Gonsales (Kalyexon, 90).

“Roma”: Ruy Patrisiu, Karsdorp (Spinassola, 90), Smolling, Manchini, Rojer, Zalevski (ash-Shaaravi, 66), Serjiu Oliveyra (Zanyolo, 46), Veretu, Kristante, Pellegrini (Karles Peres, 75), Abraham (Shomurodov, 90).

Ogohlantirishlar: Amrabat (19), Manchini (24), Bonaventura (28), Dankan (49).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi