Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Londonning “Arsenal” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rahim Sterlingni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

27 yoshli angliyalikning “shaharliklar” bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar darak yo‘q. Buning ustiga “shaharliklar” Sterlingni bir yildan keyin tekinga qo‘yib yubormaslik uchun uni yozda sotib yuborishga qarshi emas.

Hujum chizig‘ini kuchaytirmoqchi bo‘lgan “Arsenal” esa bu yo‘lda Rahimning xizmatlaridan foydalanmoqchi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Sterling 2015-yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilib keladi. U 2021/22-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Sterlingning transfer qiymati 85 million yevroga baholangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi