Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Bu haqda 6-may kuni AOKAda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlariga 15 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti, “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi “Mustaqillik monumenti”ning statuetkali qimmatbaho sovg‘a va Shavkat Mirziyoyevning tabrigi, shuningdek, vazirlik va idoralar, hokimliklar tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar topshiriladi.

Bundan tashqari, 9-may kuni soat 21:00 da Toshkentda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi.

Avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekiston fuqarolaridan 9-may sanasini ortiqcha siyosiylashtirmaslikni so‘ragan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi