Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 5-may kuni masjid hovlisidagi bostirmada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 16:25 da Boyovut tumani “Ziyokor” mahallasida joylashgan masjidning yo‘lak qismidagi bostirmasida yuzaga kelgan elektr tokining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in boshlang‘ich vaqtida bartaraf etilgan.
Yong‘indan bostirmaning, taxminan, 35 kvadrat metr maydoni zararlangan. Insonlarning tan jarohati olish holatlari kuzatilmagan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.