Daryo

Buxoro viloyatining Kogon shahridagi masjidda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olishi kuzatilmagan

1 daqiqa o‘qish69 524 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Buxoro viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi

Buxoro viloyatining Kogon shahridagi Alisher Navoiy nomli masjid binosida payvandlash xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchi dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, masjidda yong‘in kecha, 31-oktabr kuni soat 16:40 da sodir bo‘lgan.

Qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgunga qadar yordamchi binoning 35 metr/kvadrat tom qismi yongan. Yong‘in binodagi payvandlash ishlarida xavfsizlik qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘layotgan hudud qutqaruvchilar tomonidan soat 16:46 da o‘rab olingan hamda soat 17:00 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olishi kuzatilmagan. Mavzuga doir: 

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar