Daryo

Namanganda masjid tahoratxonasi qurilishi vaqtida unga tutash uy darvozaxonasining devori o‘pirilib, tomi quladi

Yuqoridagi holat yuzasidan fuqarolarga jiddiy tan jarohati yetmagan

1 daqiqa o‘qish62 989 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Namangan viloyati FVB

Namangan shahar “Zarkent” MFY Axsi ko‘chasida joylashgan “Homiddin qori jome masjidi” uchun tahoratxona qurilish jarayonida devor o‘pirilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Foto: Namangan viloyati FVB

Oqibatda uning yonidagi 19-berk ko‘cha, 21-A uyning yon devori ham o‘pirilishi tufayli darvozaxonaning tom qismi qulagan.

Hozirda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in qutqaruv otryadi hamda Namangan shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruv bo‘limi xodimlari tomonidan qidiruv qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Namangan viloyati FVB
Foto: Namangan viloyati FVB

Yuqoridagi holat yuzasidan fuqarolarga jiddiy tan jarohati yetmagan.

Bundan avval Qoraqalpog‘istonda devor bosib qolishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani hamda Namanganda ikki nafar yollanma ishchi tuproq ostida qolib, halok bo‘lgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.