Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yil yakuniga qadar 10 mingta ko‘chaga nom berish ishlarini yakunlash topshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, mutasaddilarga yil yakuniga qadar O‘zbekistonning elektron raqamli xaritasini ishga tushirib, barcha shoshilinch xizmatlar bilan integratsiya qilish topshirilgan. 2022—2025-yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha Damas va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi.
Xususan, 2022-yilda 890 ta, 2023-yildan boshlab har yili 450 tadan yangi avtomobil, jumladan, reanimatsiya mashinalari olib beriladi. Barcha tez yordam transportlari navigatsiya tizimiga ulanadi. Kelgusi 3 yilda tez tibbiy yordam avtoparki to‘liq yangilanadi. Buning natijasida chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqaradi.
“O‘zavtosanoat” oldiga joriy yilda olib berilishi lozim bo‘lgan mashinalarni o‘z vaqtida ishlab chiqarib, yetkazib berish vazifasi qo‘yilgan.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev bemorga shoshilinch yordam eng yaqin tibbiyot muassasasida emas, balki oldindan biriktirilgan sanoqli shifoxonalarda ko‘rsatilishini tanqid qildi
- “Bemor sarson, shifokorlar esa qo‘shimcha qog‘ozbozlik bilan ovora” — Shavkat Mirziyoyev
- O‘zbekistonda 2021-yilda tez yordam kechikishi bo‘yicha viloyatlardan 50 mingdan ziyod shikoyat kelib tushgan