So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12183.01
    • RUB 126.26
    • EUR 12865.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Qozog‘istonda birinchi prezidentning vakolatlari va maqomi haqidagi normani konstitutsiyadan olib tashlash rejalashtirilmoqda

    05.05.2022, 09:32 16849

    Qozog‘iston Konstitutsiya kengashiga mamlakat asosiy qonunidan birinchi prezident maqomi va vakolatlari haqidagi normani olib tashlash haqida murojaat yuborildi. Sababi mamlakat birinchi rahbarining tarixiy o‘rni barchaga ma’lum va u davlatning asosiy qonuniga biriktirish ehtiyojiga ega emas, degan Qozog‘iston respublikasi davlat kotibi Yerlan Karin.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “Bugun Konstitutsiya kengashi asosiy qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha loyihaga ijobiy xulosa berdi. Shuningdek, ishchi guruh a’zolari tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, Konstitutsiya kengashiga birinchi prezidentning maqomi haqidagi normani bekor qilish to‘g‘risida murojaat yuborilgan”, — deb yozgan Karin Telegram-kanalida.

    “Ishchi guruh a’zolarining fikricha, birinchi prezidentning tarixdagi roli barchaga ma’lum va uni konstitutsiyada alohida belgilash zarurati yo‘q”, — degan u.

    O‘z navbatida, konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha ishchi guruh vakili Marat Bashimov jamoatchilik konstitutsiya islohotlarini deyarli to‘liq qo‘llab-quvvatlagani, xususan, asosiy qonundan respublika birinchi prezidenti maqomi haqidagi normani olib tashlash ham ijobiy qarshi olinganini qayd etdi.

    “Mazkur norma birinchi prezidentga ikki muddatdan ko‘proq saylanish huquqini beruvchi, uning maqomi va vakolatlarini konstitutsiya va konstitutsion qonun bilan belgilab berish to‘g‘risida”, — deb yozgan Bashimov ijtimoiy tarmoqlarda.

    Shu bilan birga, u jamoatchilikda Qozog‘iston mustaqilligining asoschisi sifatida birinchi prezident maqomini belgilovchi 91-moddani o‘z kuchida saqlab qolish keskin norozilik uyg‘otganini ta’kidlagan.

    “Shuning uchun konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tayyorlagan ishchi guruhning ayrim a’zolari davlat rahbariga asosiy qonundan birinchi prezidentning tarixiy roli haqidagi eslatmani olib tashlash taklifini yubordi, chunki ushbu jumlalar hech qanday huquqiy yuklamaga ega emas”, — deya ma’lum qilgan Bashimov.

    “Ishchi guruh a’zolari fikrini hisobga olib, Konstitutsiya kengashiga qo‘shimcha murojaat yuborilgan. Kengashning yakuniy majlisida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar loyihasi yuzasidan yakuniy qaror chiqarilgan”, — deya qo‘shimcha qilgan u.

    “Shu tariqa Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar haqidagi loyihaga muvofiq birinchi prezident maqomi va vakolatlari to‘g‘risidagi barcha normalar asosiy qonundan chiqarib tashlanmoqda”, — deya tushuntirgan Bashimov.

    Avvalroq Qozog‘iston konstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarda mamlakat mustaqilligining asoschisi, birinchi prezident Nursulton Nazarboyevning maqomi haqidagi normalar qaytadan yozilishi rejalashtirilgani xabar qilingandi.

    Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukmron Amanat partiyasi raisligidan ketdi

    Mamlakatda “Qozog‘istonning birinchi prezidenti to‘g‘risida”gi qonun hanuzgacha amal qiladi, unda Nazarboyevning vakolatlari tugaganidan keyingi siyosiy-huquqiy maqomi, huquqlari va ularning kafolatlari belgilab berilgan.

    Mavzuga doir: Qozog‘istonda kambag‘allik darajasi ortib bormoqda

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple sensorli matoni patentlash uchun ariza topshirdi. Bu nimani anglatadi?

    Bugun, 23:58

    Ukraina lageridagi rus harbiy asirlariga qanday taomlar beriladi?

    Bugun, 22:40

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning iqtisodiy jihatlarini muhokama qilish doim qiyin kechgan” — professor Piter Van Den Bosh O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish y...

    Bugun, 22:25

    Instagram: Farzand kutayotgan Yulduz Turdiyeva, Shahzod Sultonovning Feruza Normatovaga syurprizi, ona bo‘lgan Nigina Anorboyeva

    Bugun, 22:15

    Shveysariya prokuraturasi Gulnora Karimovaga oid tergovni yakunladi

    Bugun, 21:55

    NRG kompaniyasi Andijonda yangi loyihani ishga tushurmoqda

    Bugun, 21:27
    Reklama

    Saida Mirziyoyeva jabrlanganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi

    Bugun, 21:32

    Ispaniya sudi Nazarboyevlar mulkining bir qismini davlatga qaytarishni buyurdi

    Bugun, 21:21

    Superliga. “Paxtakor” “OKMK” bilan durang o‘ynadi, “Nasaf” “Olimpik”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi, “Navbahor” “Turon” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi

    Bugun, 21:09

    Avstraliyada selfi tushayotgan qiz 50 metrlik qoyadan tushib ketdi

    Bugun, 20:25

    AQSHda 28 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Bugun, 20:10

    Tavsiya etamiz

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    18:00 / 28.09.2023

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Ulug‘bek Otajonov, Sherali Jo‘rayev haqqiga duo qilgan Botir Qodirov, turkiyalik oshpazga Mercedes sovg‘a qilgan o‘zbekistonlik

    22:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    Rayhonning “Humo Arena”dagi konserti qoldirildi. Tashkilotchilar chiptalar sust sotilgani tufayli uni bekor qilishga majbur bo‘lganini aytmoqda 

    11:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.