Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘ldirib ketilgan chempion yigit Elbek Rahimov o‘limida ayblangan 26 nafar sudlanuvchiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat sudi axborot xizmati rahbari Farhod Tilavov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, sudlanuvchilarga bugun 2022-yil 5-may kuni hukm o‘qilgan.

“Sudlanuvchilarning barchasi Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, ularning uch nafari voyaga yetmagan shaxs, uch nafari esa ichki ishlar organlarining sobiq xodimlari hisoblanadi. Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining  97 (qasddan odam o‘ldirish), 109 (qasddan badanga yengil shikast yetkazish), 111 (ehtiyotsizlik orqasida badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazish), 127 (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish), 137 (odam o‘g‘irlash), 169 (o‘g‘rilik), 277 (bezorilik) 28,137 (odam o‘g‘irlash), 28,211 (pora berish), 210 (pora olish), 230 (aybsiz kishini javobgarlikka tortish), 241-1 (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan”, — deyiladi viloyat sudi axborot xizmati tarqatgan ma’lumotda.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilarning 19 nafariga 3 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan bo‘lsa, 1 nafariga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi, voyaga yetmagan shaxslarga 5 yil 6 oydan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda ichki ishlar organlarining sobiq xodimlariga 3 yildan 8 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shuningdek, marhumning qonuniy vakili foydasiga 11 nafar sudlanuvchidan solidar tartibda 10 million 800 ming so‘m miqdorida moddiy zarar va 150 million so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirilishi belgilangan.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirilgan.

Eslatib o‘tamiz, sport ustasi Elbek Rahimov 2021-yil 17-avgust kuni soat 09:45 da ko‘p qavatli uydagi xonadoni oldida bir guruh shaxslar tomonidan o‘ldirib ketilgan. “Yigitni avvaliga rosa do‘pposlashgan. So‘ngra pichoqlab, yarimjon holatda mashinaga tiqib olib ketishgan. Marhumning jasadi Chiroqchi tumanining Yettitom qishlog‘idan topilgan”, — degan “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan manba.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj