Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tuman darajasida shoshilinch tibbiy xizmatni qayta ko‘rib chiqish va qamrovini kengaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, buning uchun:
- tuman va shahar shifoxonalaridagi terapiya, pediatriya va xirurgiya yo‘nalishida bir-birini takrorlaydigan rejali va shoshilinch bo‘limlar birlashtiriladi;
- u yerda tunu-kun ishlaydigan shoshilinch yordam qabulxonalari tashkil etiladi;
- Respublika ixtisoslashgan markazlarida shoshilinch yordam ko‘rsatish amaliyoti joriy etiladi.
Toshkentning Shayxontohurdagi 1-son, Yashnoboddagi 4-son, Yunusoboddagi 7-son hamda Uchtepadagi Shahar tez yordam shifoxonalariga tumanlararo markaz maqomi beriladi. Ular 34 turdagi yuqori texnologik tibbiy jihozlarni o‘rnatishga moslashtiriladi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda tibbiyot texnikumlari va kollejlarida feldsherlikka o‘qiyotganlar endi haydovchilikka ham o‘rgatiladi
- O‘zbekistonning elektron raqamli xaritasi ishga tushirilib, barcha shoshilinch xizmatlar bilan integratsiya qilinadi
- O‘zbekistonda tez tibbiy yordam ko‘rsatish bir tuman hududida emas, masofaga qarab butun viloyat bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi